Doim kinoteatrga borganingizda, seans vaqtida telefonlarni yoqish mumkin emasligi xaqidagi ogohlantirishlarni eshitamiz. Kino seansi vaqtida telefonlarni o`chirib qo`yish xar doim xam bizga yoqavermaydi. Endi esa buning aksi, yani siz kinoteatrda fil`m tomosha qilayotgan vaqtda kinoteatr rahbariyati telefonlaringizni yoqib qo`yishni iltimos qilishadi. Xozirda bu faqat birgina fil`m seansida bo`ladi. Ammo kelajakda barcha fil`m seanslarida mana shunday holat bo`lishi kutilmoqda.
10 oktyabr` kuni yangi “Android” fil`mi katta ekranlarda namoyishi bo`lib o`tadi. Aynan mana shu fil`mga yoqilgan smartfonlarda kirish imkoniyati beriladi. Tomoshabinlar ushbu seans oldidan smartfonlariga fil`m va akterlar xaqidagi maxsus programmani o`rnatishlariga zarur bo`ladi.
Fil`m seansi vaqtida tomoshabinlar telefonlariga ushbu fil`mning izohlari jo`natilib turiladi. Masalan, bu fil`m kahramonlardan biri xaqidaga SMS xabari, yoki katta ekranga chiqmagan fil`mning bir parchasi bo`lishi mumkin. Qaysi vaqti qanday xabarlarni yuborishni dastur fil`mida bo`lgan saundtrek tovushi aniqlab beradi.
Fil`mning mavzusi (“Android” triller janrda suratga olingan) bosh qahramon o`z telefonida topgan Iris dasturi orqali atrof muhitini yaratadi. Iris dasturi o`zida ovozli yordamchini rolini namoyish etadi va foydalanuvchiga ovozli maslaxatlar berib yordam beradi. Avvaliga qiz Iris ni foydali deb qabul qiladi. Ammo vaqt o`tib dasturda xavf-xatarni borligini anglab etadi. “Android” fil`mni gollandiyalik rejisser Bobbi Burmans (Bobby Boermans) suratga olgan.
Ush bu fil`mni tomosha qilish texnologiya bu fil`mning boshlanishi bo`lib va uning keyinchalik xam rivojlanishiga umid qilib qolamiz.
xalaqt beradiu flm tomosha qilishni?