Agar sizda doim ovqat qo`lingizdan tushib ketsa va siz sevgan kiyimni kir bo`lishini istamasangiz, demak ushbu ixtiro siz uchun.
San-Frantsisko shahrining talabasi kir qilib bo`lmaydigan futbolkani yaratdi. Ushbu futbolka har qanday suyuqliqlarni, shirin suv, ketchup, pivo, siyoh yoki vino kabi suyuqliklarni o`zidan itaradi.
Futbolka poliesterdan qilingan, u bir nechta ximikatlar kombinatsiya orqali yaratilgan va shu orqali u suv o`tkazmaydigan bo`ldi. Ixtirochining so`zlariga qaraganda, agarda ushbu futbolkani paypaslab ko`rilgan taqdirda xam u do`konlardagi xech qanday kiyimlardan farq qilmaydi.
Nanotexnologiyalar yordamida futbolka kerak bo`lgan tarkibi bilan «singdirgan», endi u nafaqat suv o`tkazmaydigan bo`ldi, balki yana inson tanasiga xech qanday ta`sir o`tkazmaydi. Ushbu futbolka 80 marta yuvilganda ham o`zining sifatini yo`qotmaydi. Suv asosida bo`lgan suyuqliqlar, futbolka yuzasiga tushganda, darxol kiyimdan tushadi.
Suv o`tkazmaydigan futbolkalar sotuvda kelasi yilning may oyida chiqishi mumkin. Bir donasi 40 AQSh dollar narxiga ega bo`ladi va faqatgina ikkita rangda bo`ladi: qora va oq.
e qoyil, qa4on endi bizadayam shunaqa geniy eynshteynlar 4iqadi