Ingliz tilida shunday maqol bor: “an apple a day keeps the doctor away”, ushbu maqol so`zma-so`z tarjima qilinganda qo`yidagi ko`rinishga ega bo`ladi: “kuniga bitta olma shifokorlardan uzoqroqda saqlaydi”. Ushbu maqol sog`liqni yanada kuchaytirish uchun insonlarni yanada ko`proq mevalarni ist`emol qilishga chaqiradi. Michigan Universitining tadqiqotchilar ushbu maqolni tekshirib chiqdilar.
Tadqiqotchilar shuni aniqlashdiki, olmalar nafaqat tanadagi ortiqcha yog` bilan kurashadi, balki yana mushaklar vaznini ham tiklar ekan. Sababi ushbu mevada “ursolov kislota” bo`lgani uchundir, chunki u ko`plab foydali hususiyatlarga ega.
Tadqiqot vaqtida olimlarning aniqlashicha, olmali parhez mushaklar vaznini o`sishining 15% gacha oshiradi va insonning tanasida bo`lgan yog`ni 50% gacha pasaytirar ekan. Bundan tashqari, olmalar shakar darajasini va qondagi “salbiy” xolesterin darajasini pasaytiradi, hamda zararli yog`li kislotalar vaznini kamaytiradi.
Ular yana aniqlashdiki, kuniga bittadan olma ist`emol qilgan insonlar 27% ga kamroq dorixonalarga dori-darmon olish uchun boradilar. Shu bilan birga olmalarning iste`mol qilinishi kasalliklarni yo`q qilmaydi, biroq olmali parhez ushbu kasalliklarni uzoqligini qisqartiradi. Demak, insonlarga kamroq dori kerak bo`ladi.
Olma yana ko`pgina boshqa foydali hususiyatlarga ega! Shuning uchun hozirgi bahor va yozda olma ist`emol qilishni tavsiya qilamiz! Sog` va omon bo`ling!