Lamborghini elektr velosipedni taqdim etdi

Lamborghini elektr velosipedni taqdim etdi

Lamborghini rasmiy muzeyida yangi elektr velosipedni taqdim etdi. U joriy yilning may oyida sotuvga chiqariladi. Shuningdek, kompaniya elektr mashinalar uchun mo’ljallangan rejalarni ham aytib o’tdi va ular 2025-yilgacha ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Lamborghini dan yangi velosipedni ishlab chiqaruvchi “Italtechnology” startapi bo’ldi. Ular birgalikda zamonaviy elektr velosipedni 5 yil davomida ishlab chiqdilar, shu bilan 4 texnologiya patentlashtirilgan. Sakkiz tezlik qutisi, g’ildirakni qulflaydigan qulf va bir tarafli orqa o’q dastagilar patentlashtirildi. Romga o’rnatilgan akkumulyator “ekonom” rejimda velosipedni taxminan 145 km ga yurishga imkoniyat beradi. Batareyani zaryad qilish uchun 4 soat yetadi. Qolgan xususiyatlari hozircha ma’lum qilinmadi.

Lamborghini faqatgina tog’ga mo’ljallangan velosipedni namoyon qildi, yuqori tezlikli velosipedning ko’rinishi esa sir bo’lib qoldi. Elektr velosipedining asosiy modeli 14,500 yevroga baholanadi. Velosipedni Lamborghini superkar ranglariga o’xshash yashil, to’q sariq, sariq va qora ranglarga bo’yash mumkin.

Yangilik Internet do’konlarda va kompaniyaning dilerlarida sotuvga chiqariladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social