Do‘konlardan xarid paytida har xil holatlarga va ba’zan mummolarga duch kelinadi. Plastik va naqd to‘lov shakli uchun har xil narxlar, reklamada sifatli ko‘rsatilgan mahsulot onlayn buyurtma qilinganda sifatsiz bo‘lib chiqishi, xarid qilingan tovar uchun chek berilmasligi va hokazo… Xaridor bunday hollarda nima qilishi kerak? Qonunchilikda bunday vaziyatlarga qanday echim ko‘rsatilgan?
- Onlayn-do‘konlar firma nomi va manzilini ko‘rsatishi shart.
Sayt va ijtimoiy tarmoqlarda turli mahsulotlar reklama qilinadi. Ularning ko‘pida do‘kon nomi va manzili ko‘rsatilmagan bo‘ladi, xaridorlar ham buni deyarli talab qilmaydi. Bunday holda buyurtma kelganidan keyin tovarning sifati yoki ko‘rinishi yoqmasa uni qaytarish imkoni bo‘lmaydi.
Qonunchilikka ko‘ra, sotuvchi o‘z tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini iste’molchilarga ma’lum qilishi shart. Bunday ma’lumot lavhada aks ettirilishi lozim.
Shuning uchun nimadir xarid qilayotganda har doim sotuvchi firma nomi va manzilini so‘rab olish kerak.
- Ma’lumot davlat tilida bo‘lishi shart.
Do‘konlarda sotuvchi haqidagi, savdo qoidalari tovar (ish, xizmat) to‘g‘risidagi ma’lumotlar iste’molchiga davlat tilida taqdim etilishi kerak. (Mazkur ma’lumot qo‘shimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin).
- Noto‘g‘ri reklama oqibatida iste’molchiga yetkazilgan zararni sotuvchi to‘liq qoplashi kerak.
Ishlab chiqaruvchilar va do‘konlar mahsulotini reklama qiladi. Ba’zi hollarda sotib olingan tovar reklamada ko‘rsatilganidek bo‘lib chiqmasligi mumkin. Bunday holda xaridor nima qilishi kerak?
Noto‘g‘ri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchiga yetkazilgan zarar sotuvchi tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim. Xaridor buni sotuvchidan talab qilishi va sudga murojaat qilishi mumkin.
- Chek bermasdan sotish mumkin emas.
Tovar uchun chek olmaslik bu nafaqat iqtisodiyotga, balki xaridorning o‘ziga ham zarar. Masalan, tovar cheksiz olib ketildi va sifatsiz bo‘lib chiqdi. Bu holatda mahsulotni aynan shu do‘kondan sotib olinganini isbotlab bo‘lmaydi.
Qonunchilikka ko‘ra, oldi-sotdi amalga oshirilganda iste’molchiga kassa yoki tovar cheki beriladi. Tovarni kassa yoki tovar chekini bermasdan sotish taqiqlanadi.
Do‘kondan xarid qilinganda har doim chek talab qilish kerak.
- To‘lov turiga qarab bitta tovar uchun har xil narx qo‘yish taqiqlanadi.
Mahsulot xarid qilinayotganda “naqdmi yoki plastik?” kabi savollar berilishi, tovar uchun plastikda to‘lov qilinganda narx sal qimmatroq bo‘lishini aytish hollari uchrab turadi. “Nima uchun to‘lovlar har xil?” degan savolga sotuvchilar soliqlar, pulni hisob raqamdan yechish qiyinligini vaj qiladi. Aslida esa sotuvchi o‘z faoliyatini olib borganligi uchun va unga shunday sharoit yaratib berilganligi uchun soliq to‘lashi kerak.
Qonunchilikda tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to‘lash naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkinligi belgilangan. Shuningdek, sotuvchining haq to‘lash shakliga qarab tovarning ayni bir markasi (modeli, artikuli), shuningdek bir xil hajmdagi va sifatdagi ishlar, xizmatlar uchun har xil narxlar (tariflar) belgilashi, shu jumladan ularni sun’iy ravishda oshirishi yoki pasaytirishi taqiqlanishi ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Yuqoridagi kabi holatlar yuzaga kelganda, bu bo‘yicha iste’molchilar huquqlarini himoya qilish organlariga yoki sudga murojaat qilish zarur.
Жуда мухим маълумотла. Рахмат
Kerakli maqola
Ishilada omad Fazo.tv
Menga yaqinda chek berishmagandi keshbek bilan, rosa urushdim sotuvchi blan
Беришдими кейин?
Assalom alaykum Nega
Chekni berishdi, kechirim ham so’rashdi
Ha mayli
Yaxshi bo’lbti
Qarab turila, hamma hozir berishi kerak
Ha balki
Hop
Yaxshi, rahmat
rahmat