Nega yahudiylar juda boy? Milliarder bo‘lish uchun ular amal qiladigan 10 ta qoida

Nega yahudiylar juda boy? Milliarder bo‘lish uchun ular amal qiladigan 10 ta qoida

Dunyoda 15 millionga yaqin yahudiy bor — bu dunyo aholisining bir foizdan kamrog‘ini tashkil qiladi. Shu bilan birga, Forbes’ning sayyoradagi milliarderlar o‘ntaligi ro‘yxatida yahudiylar 40 foizni tashkil qiladi. Nobel mukofoti sovrindorlari orasida esa – 20 foiz. Yahudiylarning siri nima? Ulardan nimani o‘rganish kerak?

O‘zingga ishon

Mark Sukerberg shunday deydi: “Inson daho bo‘lishi yoki barcha kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘lishi mumkin, lekin u o‘ziga ishonmasa, bor kuchini sarflay olmaydi”. O‘zinga ishon! Har doim.

Oldingga katta maqsad qo‘y

“Men deyarli barcha vaqtimni Facebook’da o‘tkazaman, yangi mashg‘ulotlarga deyarli vaqtim qolmaydi. Shuning uchun men aniq maqsadlar qo‘yaman”, — bu ham uning so‘zlari.

Bunda barcha to‘siqlarga qaramay, orzungizga xiyonat qilmaslik, unga borish juda muhimdir.

Jamoa kuchi

Jamoa bu — siz hurmat qiladigan va sizni hurmat qiladigan hamda rivojlanishingizga yordam beradigan odamlardir.

Sukerberg: “Meni yetarlicha baholay olmaydigan odamlar atrofida bo‘lishni afzal ko‘raman. Bu sizni tashqariga chiqishga va katta ish qilishga undaydi”.

Aql bilan tavakkal qil

“Tez o‘zgarib borayotgan dunyoda muvaffaqiyatsiz bo‘lishi kafolatlangan yagona strategiya bu — tavakkal qilmaslikdir”. Bu 70 milliard dollarlik boylik egasining yana bir qoidasi.

O‘zgacha bo‘l

Google kompaniyasining 61 milliard dollarlik asoschisi Sergey Brinning so‘zlaridan iqtibos: “Men o‘zimni doim ojiz his qilardim. Bu qisman yahudiy ekanligim uchun ham. Biroq bu tuyg‘u menga olomonning bir qismi bo‘lishning hojati yo‘qligini, doimo o‘z mustaqilligingizni saqlab turishingiz, isyonga intishingiz kerakligini angladim”.

Har doim yangi narsalarni sinab ko‘r

“Yangi narsani qanchalik faol sinab ko‘rsangiz, haqiqatan ham foydali narsaga erishish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi” — bu ham Brinning asosiy tamoyillaridan biridir.

Bir necha yil oldin men Pampers, Always, Ariel, Tampax, Gillete kabi brendlar uchun milliard dollarlik budjetlarni nazorat qiluvchi Procter & Gamble reklama marketing kompaniyasi direktori Mark Pritchard bilan tanishdim.

Mark menga ikkita juda muhim narsani aytdi. Birinchidan, tajriba: dunyo o‘zgardi va siz muvaffaqiyatga erishishingizga har doim ham amin bo‘lolmaysiz. Lekin baribir urinib ko‘rish kerak! Ikkinchidan, o‘z joyingizni toping. Agar o‘z sohangizda birinchi bo‘la olmasangiz, unda yagona bo‘ladigan joyni toping.

Hamma xato qiladi

Ammo xatolaringizdan xulosa chiqarmaslik odatiy hol emas. Bu yahudiy bolalariga juda erta yoshda o‘rgatiladi va bu tamoyil ularga butun hayoti davomida yordam beradi.

70 milliard dollardan ortiq boylikka ega Bill Geytsning sherigi Stiv Balmer shunday deydi: “Ha, men xato qildim. Men turli narsalarni sinab ko‘rdim: ulardan ba’zilari ishlamadi, ba‘zilari hali ham ishlashi mumkin, ba’zilari ajoyib edi. Hammasi mukammal bo‘ldi, demoqchi emasman. Bu ahmoqlik bo‘lardi”. O‘z xatolarini tan olish va tushunish, xulosalar chiqarish va oldinga siljish qobiliyati —har doim yahudiy biznes rahbarlarini boshqalardan ajratib turadigan narsa.

Siz xatolaringiz bilan yashashingiz va bundan xafa bo‘lishingiz kerak emas. Yiqildingmi, o‘rnidan tur, ustingdagi changni qoq — va yana oldinga harakat qil!

Qat’iy bo‘l

“Qat’iyatli bo‘ling, qat’iyatlilik o‘z samarasini beradi” — bu eng muvaffaqiyatli yahudiylarning shiori.

Boshqalardan ko‘ra ko‘proq harakat qil

Men har doim eng muvaffaqiyatli yahudiylar doimo kerak bo‘lganidan ko‘proq narsa qilishlarini, boshqalardan ko‘ra ko‘proq harakat qilishlarini kuzataman. “Har kuni ishga birinchi bo‘lib kelganingiz va oxirgi  bo‘lib ketayotganligingizga ishonch hosil qiling. Chalg‘imang, ishga kirishing! Men uchun ochilgan har bir imkoniyat to‘g‘ri vaqtda kerakli joyda bo‘lganim uchun paydo bo‘ldi. Omadingizni nazorat qila olmaysiz, lekin qancha ko‘p ishlasangiz, shunchalik omadingiz keladi”.

Bu Bloomberg asoschisi va Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg — 48 milliard dollar boylikka ega insonning hayotiy tamoyilidir.

“Kerak bo‘lgandan ko‘proq narsani qiling! Agar xodim bo‘lsangiz va o‘sishni, yaxshi pul ishlashni istasangiz, vazifalaringizdan tashqariga chiqing, o‘zingizga topshirilgandan ko‘proq narsani bajaring, shunda sizni e’tiborga olishadi va lavozimingiz ko‘tariladi.

Agar biznes egasi bo‘lsangiz, uni yaratgan va rivojlantirgan bo‘lsangiz, barcha raqobatchilaringizdan ko‘ra ko‘proq narsa qilishingiz kerak”.

Har doim imkoniyatlarni qidir va taslim bo‘lma

Oldingizda barcha eshiklar yopiq bo‘lsa, boshqasini toping, sindiring, mo‘riga chiqing, yuring, yuguring, maqsadingizga intiling!

Biznesimning dastlabki kunlarida o‘z oldimga Microsoft bilan ishlash vazifasini qo‘ydim — reklama qilish, filmlar va reklama roliklari sohasida.

Hamma menga hech qachon bunday bo‘lmasligini aytib, juda asosli tushuntirishdi: “Microsot Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlik qilmaydi, sizda bunday mijozlar bilan ishlash uchun tajriba yo‘q, ular sheriklariga juda qattiq talablar qo‘yishadi. Ular ko‘plab pudratchilarga ega, u yerda hech kim siz bilan gaplashmaydi, ularga har kuni yuzlab takliflar yuboriladi”. Hamma gaplari to‘g‘ri edi, lekin men Microsoft bilan ishlashni xohlardim.

Tafsilotlarni aytib o‘tirmayman, ammo bir oydan keyin biz shartnoma imzoladik va shundan keyin 12 yil hamkorlik qildik, 300 dan ortiq film va reklama roliklarini suratga oldik.

Shuning uchun har doim imkoniyatlarni qidiring. Hech narsaga qaramay!”

Kommentlar: 19 komment. 19 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Чунки ула пул йигишни билишади

  2. Tugri etas Timur aka

  3. Rahmat

  4. Chunki ular juda aqlli insonlar.

  5. Jamshid

    Yevreylami?

  6. Assalom alaykum ha yevriylar aqili boladi albatta birinchi orinda õzimizga ishonch va biroz tavakalchi bolsak biz ham ulardan qolishmaymiz albatta manimcha shunday yana bilmadim

  7. juda ajoyib maqola ekan menga yoqdi

  8. Jamshid

    Undan tawqari ula juda kup uqiwadi va iwlawadi. Wunga pullari ham kup buladi

  9. Yevreyla Xudoni odamlari dib bekorga etiwmidi

  10. Hm….

  11. Kim etti sizga bunaqa narsani Komil?

  12. Muqaddas Kitob

  13. Siz u4n Muqaddas Kitob Quronmi?

  14. Yoq, injil

  15. Musulmonmisiz???

  16. Yoq.

  17. Xato qimen, tugri yulga qaytin!!!

  18. Rustam, hamma tanlash huquqi bor, shuni unutmen

  19. Timurbek

    good no

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social