“Ba’zan, har doim, hech qachon!” – bu qoidani hayotida bir marotaba kostyum kiygan har bir erkak bilishi shart. Bu qoidagi shunday izoh beramiz:
- “Ba’zan” kostyumning yuqori tugmasini taqish kerak
- “Har doim” kostyumning o’rta tugmasini taqish kerak
- “Hech qachon” kostyumning pastki tugmasini taqish kerak emas.
Shu qoida nimchalar uchun ham ishlaydi: pastki tugma har doim taqilmagan qolishi lozim.
Agarda pastki tugma taqilmasa, unda nima uchun oxirgi tugmani tikishadi? Bu an’ana qayerdan kelgan?
So’nggi tugmani taqmaslik urf-odati, ortiqcha vaznga chalingan Eduard VII qirolga borib taqaladi. Eduard shahzoda bo’lgan davrda, kostyumlar endi modaga kirishni boshlagan edi. Eduardning nimchasi o’ziga tor edi, shuning uchun u pastki tugmani taqmaslikka qaror qilgan. Britaniya hokimiyati, butun Angliya axolisi va Britaniya koloniyalari esa o’zining bo’lajak qirolining hurmati yuzasidan pastki tugmani taqmaslik qaror qilgan.