O‘zbekiston Markaziy banki 2022-yilning 26-dekabridan qiymati 1000 so‘m bo‘lgan tanga ko‘rinishidagi pul belgilari muomalaga chiqarilishini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, ushbu pul belgisi 2 xil rangdagi kombinatsiyadan iborat bo‘lib, ichki aylanasi sariq rangli mis va latun, tashqi aylanasi kumush rangli nikel qotishmasidan tayyorlangan.
Tanga diametri – 26,27 mm., ichki disk diametri – 17,6 mm., qalinligi – 1,6 mm., og‘irligi – 7,3 gramm. Uning old tomonida (avers) Toshkent shahrida bunyod etilayotgan “Islom sivilizatsiyasi markazi”ning binosi tasvirlangan. Tasvirning pastki qismida botiq holda tanga qiymati “1000” raqami va lotin bosma harflarida “so‘m” so‘zi yozilgan.
Tanga orqa tomoni (revers) markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi aylanasi bo‘ylab bosma lotin harflarida aylanasimon ko‘rinishda “O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI” so‘zlari yozilgan.
Gerbning ostida tanga namunasi tasdiqlangan yil — “2022” raqami ko‘rsatilgan.
Tanganing yon qirrasi silliq ishlangan.
Muomalaga chiqarilayotgan 1000 so‘mlik tanga ko‘rinishidagi pul belgilari bugungi kunda muomalada bo‘lgan 2001-yil namunasidagi 1000 so‘mlik banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravishda) muomalada bo‘ladi, ya’ni, 2001-yil namunasidagi 1000 so‘mlik banknotlar ham to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi.
Shuningdek, yangi ko‘rinishdagi ushbu pul belgilari ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.
Опять монеты… переходим на оплаты через карты
Kartada hamma pulla hozr
yana mayda kutarib yuriiw kere
qulay buladi
Manda bor uje
Menda ham bor
Sotaman
kimga kere