Yangi noyob texnoliniyani ya`ni kofe yuzida selfi suratlarni chiqarish kofemashinani isroillik hi-tech dizaynerlari taklif qilishdi.
Yangi Ripple Maker kofemashina Tel`-Avivda joylashgan Stream CC innovatsion kompaniya tomonidan yaratilgan va u Las-Vegasda bo`lib o`tgan CES texnologiya taqdimotida ko`pchilikning e`tiborida bo`ldi. Mashina tayyorlangan lotte, kapuchino yoki boshqa ko`pikli kofe ustida rasmni chiqarishi mumkin va ushbu buyurtmani inson o`z smartfoni orqali amalga oshirsa bo`ladi.
Maxsus ilova iOS foydalanuvchilari uchun mavjud bo`lib, shu yilning fevral oyidan esa Android foydalanuvchilari uchun ham ochiq bo`ladi. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, bu jarayon “ijtimoiy tarmoqga selfi joylashtirishdan” qiyinroq bo`lmaydi. Rasmni mashinaga jo`natishdan oldin foydalanuvchi rasmni o`zgartirishi mumkin.
Jurnalistlarning ta`kidlashicha, ushbu ilova qaerda shunday kofemashinalar borligini ko`rsatadi. Hozirda ishlab chiqaruvchilar o`z ishini AQShda taqdim qilishdi va yaqin kunlarda dunyo bozoriga chiqish niyatidalar.
Keyinchalik esa kofe ustida nafaqat rasmlarni joylashtirish mumkin bo`ladi, balki yana xabarlar, tabriklarni va shunga o`xshash narsalarni joylashtirish imkoniyati taqdim etiladi.
Umumun olganda, ushbu yangilik juda noyob va qiziqarlidir.
Juda zo’r g’oya!!!! Lekin shu kofeni olib, keyin uni ichmasdan tomosha qilib o’tirish kerak ekanda )))
qoyil man jon deb tatib kurgan bulardim aqlbovar qimaydi