9 aprel kuni futbol bo`yicha Evropa chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvi doirasida Turkiyaning “Galatasaroy” va Madridning “Real” jamoalari o`rtasida bo`lib o`tgan o`yinda 3-2 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo`lgan edi. Ammo ikki o`yin natijasiga ko`ra “Real” klubi yarim finalga yo`l oldi.
Uchrashuv yakuniga etgach “Turk Telekom Arena” stadionini tark etayotgan qirollik klubi a`zosi Krishtianu Ronalduni tashqarida Istanbulga atayin Adana shahridan kelgan Go`kmen Akdog`an bilan uchrashdi. Tashqi ko`rinishi mashhur futbol yulduziga juda o`xshab ketadigan turkiyalik yosh yigitcha Ronaldu bilan nihoyat uchrashish baxtiga muyassar bo`ldi.
Go`kmen Akdog`an avvallari ham portugaliyalik futbolchi bilan ko`rishishga urinib ko`rgan, biroq buning uddasidan chiqolmagandi. Mana bu safar yosh yigitchaning orzusi ushaldi. Madrid jamoasi avtobusi yonida intiqlik bilan kutib turgan Go`kmen Ronaldo bilan tanishib oldi, uni bir necha bor bag`riga bosib ma`lum muddat o`zini qaxramonlardek his etdi.
Katta hayajon bilan Ronaldoga o`zini tanishtirgan Go`kmen , unga o`xshashidan baxtiyor ekanligini bot-bot takrorladi. O`z navbatida Ronaldu ham uni bag`riga bosib, tanishganidan hursand ekanligini aytdi va Go`kmenga omad tiladi.
Video:
O’xshash chexralarku…
киззик, шу бола уз акасини шундай кучоклаганмикин?
bechora bola oxiri niyatiga etibtida
aka-ukaga o’xshaydi.
to’g’ri aytasiz qiyofadoshi ko’p ROnalDONI
messi ni ham qiyofadoshi xam ko’p .. TERMIZDA xam ronadoga o’xshaydigannini ko/rganman
Qiziq, uning rasmi yo’qmi?