O’zbekiston birinchi marta joriy yilning oktyabr oyida Rossiyadan tashqaridagi parvozlar uchun eng mashhur mamlakat bo’ldi. Ushbu ma’lumotni “Tutu.ru” turservis ekspertlari “Lenta.ru” muxbiri bilan bo’lishishdi.
Kompaniya mutaxassislari bu ma’lumotni aviachiptalarni oldindan buyurtmasi bo’yicha ma’lumotlarning tahlilini o’rganib, ma’lum qilishdi. Oktyabr oyining havo yo’nalishi bo’yicha ikkinchi talab Moldova bo’ldi.
Isroil uchinchi o’rinni egalladi. To’rtinchi o’rinni Gruziya, beshinchisi – Germaniya. Bundan tashqari, Chexiya, Ispaniya, Italiya, Armaniston va Qozog’iston eng yuqori o’nlikka kirgan.
Oktyabr oyi oralig’ida O’zbekistonga chiptaning o’rtacha narxi (ikki tomonga) 2016-yilga nisbatan deyarli o’zgarmadi va 25,4 ming rublni tashkil etdi. Moldovaga reyslar 6,5 foizga kamayib, 10,7 ming rublga tushirildi. Isroilga chiptaning narxi 6 foizga kamaydi, bu 22,8 ming rublni tashkil etdi.
Avvalroq, Toshkent shahri MDH shaharlariga boruvchi rus sayyohlari orasidagi Top-10 likni egallagan shahar deb topilgan edi
Manba: Lenta
uzbela rossiyaga, rossiyalikla uzbekistonga ajoyib boldiu