Null Shtern qimmatbaho mehmonxonalarning ko’rinishini buzmoqda. Unda yotoq va ikkita ustunchadan tashqari hech nima yo’q. Na eshik, na devor, na shift – faqatgina atrofda ajoyib Shveytsariyaning Apl tog’larning manzarasi bor. Aytgancha “Null Shtern” tarjima qilganda “nol yulduz” degan ma’noni beradi. Mehmonxona nol yulduzli bo’lsa ham, ammo kechasi boshingiz tepasida milliard yulduzlar bo’ladi.
Mehmonxona Shveytsariya Alplarining o’rtasida, 2 ming metr balandlikda joylashgan. Bir kecha uchun $210 atrofida bo’ladi.
Mehmonxonada na devor, na shift va hattoki vanna xonasi ham yo’q. Faqatgina katta yotoq, ikkita ustuncha va chiroq bor. Tualet esa nomerdan besh daqiqali yo’lda joylashgan.
Mehmonxona ajoyib tog’ va kechki yulduzli osmon ko’rinishini taqdim etadi.
Oddiy mehmonxonalarga o’xshab, Null Shtern o’z mehmonlariga shaxsiy hizmatkor taklif qiladi. U yaqin atrofdagi taxtali uyda yashaydi. U mehmonlar uchun kechki ovqat va nonushtalarni tayyorlab to’g’ri yotoqlarga olib borib beradi.
Yomon ob-xavo vaqtida esa mehmonxonaning buyurtmasini oxirgi daqiqalarda ham bekor qilish mumkin bo’lar ekan.
Manba: adme.ru
Mani uyimga uhshirkan. Chunki mani uyim ham kurinmidi. Uyim yo’qde.
Uy ham nasib qilishini tilab qolamiz!
Tilab qolishindan manga nima foyda? Manam tilashshi bilaman. Hamma tilashni biladi. Bundan nima foyda? Sariq chaqaliq foydasi yuki bu quruq gapni? Uzilacha manga mehr kursattilami? Mehr yomgirdey yogilib tushdiku bu gaplarizdan keyn.
O’zi odamlaga hich nima yoqmidi, nima endi sanga uy obersinmi?
Sani dollaring kupku. Narhini surab yurudinu. Ogzinda shersan amalda befoydaligin kurinib turibdi.