WeChat messendjeri Xitoyliklar uchun passport o’rnida ishlatiladi

WeChat messendjeri Xitoyliklar uchun passport o’rnida ishlatiladi

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish kompyuterlarning inson hayotining barcha sohalariga kirib borishiga olib keldi.

Xitoyda an’anaviy pasportlarni 980 millionga yaqin foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgan WeChat ijtimoiy tarmog’ining shaxsiy sahifasi bilan almashtirish uchun eksperiment o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi. Dasturda login va parollarni kiritish zaruriyatini bartaraf etuvchi yuzni aniqlash funksiyasi mavjud. Bu imkoniyat pasportlarga alternativa yaratish uchun ishlatiladi.

WeChat dagi sahifaning yordami bilan Xitoy fuqarolari mehmonxona xonani buyurtma qilish, davlat litsenziyalash tizimlaridan foydalanishlari va chiptalarni sotib olishlari mumkin bo’ladi. Bularning barchasi an’anaviy pasport ma’lumotlarini uzoq vaqt tekshirishsiz amalga oshadi.

Eksperiment Guangzhou shahrida o’tkaziladi (14 million aholi). Loyiha bo’yicha shahar hokimiyati, Tencent (WeChat egasi) va Xitoy Davlat Xavfsizlik Xizmati institutining (DXX) ishlab chiqaruvchilari jalb qilingan. Tizim 2018-yil yanvaridan Nansha tumanidan sinovdan o’tkaziladi, so’ngra butun Guangzhou shahriga tarqaladi va tajriba muvaffaqiyatli bo’lsa butun Xitoyga tarqaladi.

Birinchi bosqichda ikkita “virtual pasport” mavjud bo’ladi:

  • Internet kafe va turli xil tarmoq xizmatlari uchun soddalashtirilgan versiya.
  • Murakkab, davlat idoralarida ro’yxatdan o’tish va biznes ochilishigacha imkon beradi.
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social