Xitoy dunyodagi birinchi ultra yuqori tezlikdagi Internet magistralini ishga tushirdi. Uning o‘tkazish qobiliyati 1200 Gbit/s yoki 1,2 Tbit/s ni tashkil qiladi.
South China Morning Post nashrining yozishicha, Pekin, Uxan va Guanchjou o‘rtasida optik tolali kabel yotqizilgan. Uning uzunligi 3 ming km.dan ortiq. Ma’lum qilinishicha, kabel tarmoqqa joriy yilning iyul oyida ulangan, biroq u endigina (barcha zaruriy sinovlar o‘tkazilgandan keyin) to‘liq ishga tushdi.
Avvalroq mutaxassislar xuddi shunday ma’lumotlarni uzatish tezligiga ega tarmoqni ishga tushirish faqat 2025 yildan keyin imkoni bo‘lishiga ishonch bildirishgan edi.
Huawei Technologies vitse-prezidenti Van Leyning so‘zlariga ko‘ra, 1,2 TB rekord tezlik bilan foydalanuvchi bir soniyada HD-formatdagi 150 ta filmni yuklab olishi mumkin.
Ваще тезку. Бизада хали 4 джиям норм ишламиди
Faqat internet haqida yozadigan bo’lib qobsizlarmi
Майли, бунака маколалаям кере
Tez a atak rostanam
Kimga kerak bunday tezlik ekan
Bizga ham qachondir yetib kelar
Juda tezga uxwidi
Bunaqa tezlikni amalga oshirish juda qiyin, lekin xitoyliklarni qulidan hamma narsa keladi
Yaxshi
zo’r
Qanchaligiga chumadim ku lkn bu narsa bizga yetib kemasa kerek