“Barselona” 3 yildan beri “Real”ni yuta olmayapti. Madrid klubi o‘z tarixida 2-marta ketma-ket 5 ta “El-Klasiko”da g‘alaba qozondi

“Barselona” 3 yildan beri “Real”ni yuta olmayapti. Madrid klubi o‘z tarixida 2-marta ketma-ket 5 ta “El-Klasiko”da g‘alaba qozondi

“Real” Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan o‘yinda qo‘shimcha daqiqalarda “Barselona”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Bu “qirollik klubi” uchun “Barselona”ga qarshi o‘yinlardagi ketma-ket 5-g‘alaba bo‘ldi. Bu orqali jamoa o‘z tarixida ikkinchi bor shunday natijaga erishdi. Bungacha 1962—1965-yillar oralig‘ida ham jamoalarning o‘zaro qarama-qarshiligida shunday natija sodir bo‘lgandi, o‘shanda “Real” “Barselona”ga qarshi 7 o‘yindan iborat g‘alabali seriya qayd etgandi.

“Ko‘k-anorranglilar” oxirgi marta 2019-yilning 2-martida “Klasiko”da g‘alaba qozongan. Shundan keyin o‘tkazilgan 6 o‘yinning 5 tasida Madrid klubining qo‘li baland kelgan, yana bitta bahs durang natija bilan yakunlangan.

Shuningdek, ushbu g‘alaba “Real” uchun “Barselona” ustidan qozonilgan 100-g‘alaba bo‘ldi. Klublar umumiy hisobda 248 marta to‘qnash kelgan. Kataloniyaliklarda bu ko‘rsatkich 96 ta o‘yinga teng. 52 bellashuv esa durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbati “Real” foydasiga 415 ga 404 ni tashkil qiladi.

Qayd etish o‘rinli, 2022-yilning 20-mart sanasida klublar La Liganing 2-davrasi doirasida yana to‘qnash keladi.

“Barselona” himoyachisi Dani Alves esa “El-Klasiko”da maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. U 38 yosh-u 251 kunligida ushbu natijaga erishdi.

Bundan oldingi rekord darvozabon Xose Pintoga tegishli edi, u 2014-yilda “Real”ga qarshi o‘yinda 38 yosh-u 159 kunlik bo‘lgan.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Javlon

    eh barsa barsa, juda hafa qildi

  2. Nosir

    good good good

  3. Fanat

    Vamooooooooooooooos!

  4. Jamshid

    smile good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social