Yerning ichki yadrosida o‘zgarishlar aniqlandi — tadqiqot

Yerning ichki yadrosida o‘zgarishlar aniqlandi — tadqiqot

Yer sayyorasi yadrosining xatti-harakatlari so‘nggi vaqtlarda olimlarni xavotirga solmoqda. Tadqiqotchilar, ichki yadroning aylanish tezligi o‘zgarayotganini aniqladi. Bu haqdagi tadqiqot Nature Geoscience jurnalida e’lon qilindi.

Yadrodagi o‘zgarishlar takrorlanuvchi zilzilalardan hosil bo‘lgan seysmik to‘lqinlarni o‘rganish orqali aniqlangan. Yangi tadqiqotda olimlar yadroning suyuq va qattiq qismlari o‘rtasida g‘ayrioddiy hodisani kuzatgan.

Yer yadrosining asosiy qismi suyuq, lekin uning ichida geologik vaqt o‘tishi bilan o‘sib boradigan qattiq qismi mavjud. Ichki yadro sayyoramizning magnit maydonini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda geologlar, takrorlanuvchi zilzila seysmogrammalaridagi o‘zgarishlarni muhokama qilmoqda. Ko‘plab ma’lumotlar ichki yadroning o‘zgarishi bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatmoqda.

So‘nggi modellarga ko‘ra, ichki yadroning aylanishi taxminan 2010-yilda sekinlashgan yoki hatto aylanish yo‘nalishini o‘zgartirgan. Tadqiqotchilar, yadroning aylanishi avvalgi holatiga qaytgan vaqtni tahlil qilib, takrorlanuvchi zilzila ma’lumotlarini o‘rgangan. Seysmik to‘lqinlardagi farqlarni aylanish tezligidagi o‘zgarishlar bilan izohlash imkonsiz edi.

Shu paytda Kanadadagi ma’lumotlar to‘plamida anomaliyalar kuzatildi. Chunki, u yerda ichki yadroni kesib o‘tmaydigan, balki faqat unga tegib o‘tadigan to‘lqinlar qayd etilgan. Tadqiqotchilar buni ichki yadroning shakli vaqtincha o‘zgargani bilan izohlashmoqda.

Kommentlar: 15 komment. 15 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    А унгача миллион йилла бор

  2. Тимур

    Хаммамиз улиб буламиз laugh

  3. Тимур

    Хаммаси яхши булади хали унгача

  4. Shunga ham ob havo ozgaryapti

  5. Qiziq

  6. Alisher

    Hm….

  7. Jamshid

    Yerni hali uzoq o’rganish kerak

  8. Jamshid

    U haqda insoniyat ko’p narsalarni bilmaydi

  9. Jamshid

    Manimcha yaqin yillarda kutilmagan narsalarni bilib olamiz

  10. Hayotimizga ta’siri bormi?

  11. Yo’q. Bizning Yerga tasirimiz bor.

  12. Sobirjon

    Mayli hammasi Xudoning qo’lida

  13. Mahbuba

    Nima bo’ladi endi?

  14. Shoxrux

    good good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social