Sidneydagi zamonaviy moda va yuqori texnologiya bo`yicha kiyim yaratuvchi firma, noyob navigatsion pidjak yaratdi, ush bu pidjak o`z egasi adashib qolmaslik uchun yordam beradi.
Xamma gap shundaki ush bu pidjakning qo`l eniga GPS-modul o`rnatilgan. Smartfonga o`rnatilgan maxsus ilova orqali, foydalanuvchi borishi bo`lgan manzilni belgilab ko`yadi, keyin esa qo`l engi pidjak egasiga yo`lni aniqlab beradi: ya`ni qaerga qayilish kerak bo`lsa, chap yoki o`ng tomonga vibratsiyani jo`natadi.
Undan tashqari pidjakga yorug`likdiodlari ham o`rnatilgan, qachonki inson belgilangan manzilga yakin qolganda, pidjak o`zidan yorqinroq yorug`lik tarata boshlaydi. Ushbu jaketga o`rnatilgan barcha texnologiyalar engil, ko`rinmas va simsizdir. Eng asosiy qulayligi shundaki, foydalanuvchi doimo yo`l o`rtasida smartfonni olib, yo`nalishini qidirishning xojati bo`lmaydi, sababi ush bu pidjak o`z egasiga erkin xarakatlanish imkoniyatini beradi.
Xozirda mahsulot sinovga tayyor va Wearable Experiments kompaniyasi ishlab chiqaruvchilari evropa shaharlarida ush bu pidjakni ko`chalarda sinaydigan bloggerlarni qidirmoqdalar.
dunyo xar kuni uzgarib ketmoqda, shuni kurib rosa xursand bulyapman )))
ammo xar doim xam yaxshi tarafga uzgarmayapti!
bu bilan nima demoqchisiz Mirzo???
yangi texnologiya dunyosi kundan kunga uzgarib ketmoqda. bu xamm yangi yaratilgan narsalar albatta inson foydasi va kulayligi uchun qilinadi, LEKIN shu narsa odamni sekin sekin dangasaga olib keladi!