Bavariyaning ishonchli g`alabasi

Bavariyaning ishonchli g`alabasi

Evropa Chempionlar ligasining yarim final dastlabki uchrashuvlari doirasidagi «Bavariya» hamda «Barselona» klublari o`rtasidagi uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Birinchi bo`lim boshidanoq ikkala klub ham shiddatli hujumlarni amalga oshira boshlashdi. Birinchi bo`limning 25-daqiqada «Barselona» jarima maydonchasida yuzaga kelgan pala-partishliklardan foydalangan Tomas Myuller boshi bilan zarba yo`llab, “Bavariya”  klubini oldinga olib chiqdi. Ushbu goldan so`ng «Bavariya» yanada hujumlarni keskinlashtirdi. Ammo hisob birinchi bo`lim oxirigacha o`zgarmadi. 1:0

Ikkinchi bo`limni ko`tarinki kayfiyat bilan boshlagan “Bavariya”, o`yining 49 daqiqasida hisobni 2:0 ga etkazdi. «Bavariya»ning ikkinchi goliga Mario Gomes mualliflik qildi. Garchi, ikkinchi bo`limda «Barselona» to`pni kerakli darajada nazorat qilib  ko`plab hujumlarni amalga oshirishgan bo`lsada, “Bavariya” darvozasi tomon yo`l topa olmadi.

73-daqiqa Gollandiyalik futbolchi Robben “Barsa” darvozasiga 3 chi golini kiritdi. Hisob 3:0. 82-daqiqada bo`lsa, Myuller «Barsa» darvozasiga hal qiluvchi golni kiritib, hisobni 4:0 ga etkazdi.

Shu tariqa javob o`yini oldidan «Bavariya» muhim g`alabani qo`lga kiritdi. Eslatib o`tamiz 1 may kuni bu jamoalar “Kamp Nou” stadionida javob o`yini o`tkazishadi. 

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. jaha

    Bavariya barsaga umuman o’yin bermadi. 4:0 ga yutadi deb o’ylamagan edim. Qoyil qolish kerak.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social