Evropa Chempionati, pley-off, 1/4 final

Evropa Chempionati, pley-off, 1/4 final

Evro 2012 musobaqasi guruh bosqichlari nihoyasiga etdi. O`z guruhlarida birinchi va ikkinchi o`rinlarni egallagan terma jamoalar keyingi pley-off bosqichiga chiqishdi. Guruhlardagi so`ngi uchrashuvlar va pley-off bosqichiga yo`l olgan jamoalar bilan tanishing:

Rossiya terma jamoasi A guruh bosqichida yakuniy o`yinda Gretsiya terma jamoasiga 0:1 hisobi bilan mag`lubiyatga uchrab, Evro 2012 pley-offga chiqaolmadi. Bu natija esa Gretsiya terma jamoasiga 4 ochko yig`ishga imkoniyat berdi va guruhdan ikkinchi o`rin bilan pley-offga chiqdi. Guruhning ikkinchi o`yinida esa Chexiya terma jamoasi minimal hisobi bilan Pol`sha jamoasi ustidan g`olaba qozondi va o`ziga birinchi o`rinni naqt qildi.

Germaniya va Portugaliya terma jamoalari V guruhda oxirgi o`yinlarida o`zlarining raqiblari ustidan g`alaba qozonib, Evro 2012 pley-off bosqichiga chiqishdi. Germaniya va Daniya terma jamoalari o`rtasidagi o`yin 2:1 hisobida Germaniya termasi foydasiga hal bo`ldi, va shu bilan o`ziga 100%  lik natija ko`rsatib birinchi o`rinni egalashga muvaffaq bo`lishdi. Guruhning ikkinchi o`yinida esa Portugaliya Gollandiya ustidan 2:1 hisobi bilan irodali g`alabani qo`lga kiritishdi. Chorak finalda Germaniya – Gretsiya o`zaro kuch sinashsa, Portugaliya – Chexiya o`zaro yarim final yo`llanmasi uchun maydonga tushishadi.

S guruhda esa Ispaniya va Italiya terma jamoalari Xorvatiya va Irlandiya terma jamoalarini mag`lubiyatga uchratib, o`zlariga Evro 2012 pley-off yo`lanmasini qo`lga kiritishdi. S guruhning oxirgi o`yinida Ispaniya Xorvatiya terma jamoasidan 1:0 hisobida ustun kelgan. Bu g`alabasi bilan Ispaniya terma jamoasi umumiy hisobda 7 ochko to`plab o`z guruhida birinchi o`rinni egalashdi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida esa Italiya terma jamoasi Irlandiya terma jamoasi darvozasiga ikkita javobsiz top kiritib, o`z guruhida ikkinchi o`rinni egallab keyingi pley-off bosqichiga chiqdi.

Evro 2012 mezboni Ukraina terma jamoasi ishtirok etgan D guruhda Angliya terma jamoasi chempionat mezbonlaridan biri Ukraina terma jamoasini 1:0 hisobi bilan mag`lubiyatga uchratdi. Ushbu g`alabadan so`ng Angliya terma jamoasi hisobidan 7 ochko va u guruhda birinchi o`rinda. Ikkinchi o`yinda esa Shvetsiya Frantsiya terma jamoasini 2:0 hisobi bilan ustun keldi, ammo bu natija Shvetsiyani pley-offga olib chiqmadi. Guruhda 4 ochko yig`gan Frantsiya ikkinchi o`rinni egalladi. Keyingi bosqichda Angliya terma jamoasi Italiya bilan kuch sinashadi, Frantsiya esa Ispaniya terma jamoasiga qarshi to`p suradi.

Evro 2012 chempionati yanada qizg`in pallaga kirdi. O`z guruhida uchinchi va to`rtinchi o`rinlarni egallagan terma jamoalar muxlislariga o`z sevikli jamoalariga ishonchi so`nmasligini, va o`z guruhlarida g`olib bo`lgan terma jamoalar muhlislarini ajoyib g`alaba bilan tabriklaymiz va pley-off baxslarida omad tilaymiz!

   

1/4 Final

   
Gretsiya       2

Germaniya   4

   

Final

    2    Ispaniya 

0    Frantsiya 

Germaniya  1

Italiya      2

   Ispaniya  4

 Italiya    0

 

 

(4)  0    Ispaniya 

(2) 0 Portugaliya

Angliya 0 (2:4)

Italiya 0 (4:2)

      0            Chexiya

1   Portugaliya

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Греция мужиза курсат бугун

  2. Номаълум

    бу армон! Германия янчиб ташайди Грецияни

  3. Бахром

    Греция Германияни билмадиму, лекин Испания иккаласиниям янчиб ташайди. Испания Чемпион!

  4. Natasha

    da, ispaniya vpered

  5. finalda Germaniya bilan Ispaniya chiqishadi!

  6. medikal

    men boshida ham aytgandim ohirida ham aytaman ispaniya finalga 4iqadi deb 4iqdi ham bu andaluslar raqibi kim bolsa ham finalga 4iqdi shuni ozi kifoya mumkin germanya bilan tushar ku4li raqib lek ispanlar ham padarka emas

  7. Italy bu chempionatda ajoyib uyin kursatyati, demak murabiy yaxshi jamoani egib oldi!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social