Gollandiya navbatdagi g`alabani qo`lga kiritdi (+video)

Gollandiya navbatdagi g`alabani qo`lga kiritdi (+video)

AustraliaAvstraliya 2:3 GollandiyaNetherlands

Braziliya JCh-2014 mundiali o`zining qiziqarli pallalariga etmoqda va uchrashuvlar golarga boy o`tmoqda. B-guruhining 2-tur Avstraliya va Gollandiya o`rtasidagi uchrashuv bo`lib o`tdi.

Mazkur o`yinda Gollandiya jiddiy qarshilikka uchradi va qiyinchilik bilan g`alabani qo`lga kiritdi. Ushbu o`yindan so`ng Avstraliya final yo`llanmasi imkoniyatlarini deyarli yo`qotdi.

Ushbu g`alabadan so`ng Gollandiya B-guruhining peshqadamiga aylandi va 3-turda Chili jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Avstraliya esa so`ngi turda Ispaniya bilan uchrashuv o`tkazadi.

Gollar:

20′ Robben (0:1)
21′ T.Keyxill (1:1)
54′ Edinak (2:1, pen.)
58′ van Persi (2:2)
68′ Depay (2:3)

Tarkiblar:

Avstraliya: Rayan, Makgouen, Uilkinson, Shpiranovich, Devidson, Edinak, MakKey, Lekki, Breshiano (Bozanich, 51), Our (Taggart, 77), T.Keyxill (Xelloran, 69).

Gollandiya: Silessen, Martins Indi (Depay, 45), Vlar, de Vrey, Yanmat, de Guzman (Veynaldum, 78), N.de yong, Blind, Sneyder, van Persi (Lens, 87), Robben.

Ogohlantirishlar: T.Keyxill, 43 – van Persi, 47.

Bosh hakam:  Djamel` Emudi (Aljir)
Qanot hakamlari:  Reduan Ashik(Marokko),  Abdelak Echiali(Aljir).

Video: 

 

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. JJJ

    Avstraliyaga gap yo’q, ancha yaxwi o’yin ko’rsatdi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social