IFAB futbol qoidalariga o’zgartirishlar kiritdi

IFAB futbol qoidalariga o’zgartirishlar kiritdi

Xalqaro futbol uyushmalar kengashi (IFAB) 133-yillik yig’ilishda o’yin qoidalariga bir qator o’zgartirishlar kiritdi.

IFAB saytida chop etilgan hujjatga ko’ra, qoidalar qo’l bilan o’ynashga aniqlik kiritildi. Endilikda, hakamlar qo’l bilan kiritilgan har qanday to’pni bekor qilishlari kerak. Bunda to’p tasodifan tegadimi yoki qasddan qilinadimi, buning farqi yo’q.

O’zgarishlar quyidagi holatlarga ham ta’sir qildi:

1) Zahiraga almashtiradigan futbolchi butun maydonni kesib o’tmasligi kerak, balki yaqin bo’lgan yon chiziqdan chiqishi lozim;

2) Darvozadan top tepilganda boshqa futbolchi unga tegishdan oldin to’p jarima maydon tashqari chiqishi kerak qoidasi olib tashlandi;

3) Devorning qurilishi bilan bog’liq qoidalarga ham o’zgartirish kiritildi. Endi, zarba beruvchi jamoaning o’yinchilari boshqa devorda turishga ruxsat etilmaydi – ular kamida bir metr masofada turishi kerak;

4) Penalti amalga oshirilganda, darvozabon bir oyoq bilan darvoza chizig’ida turishi mumkin;

5) Ba’zi hollarda, agar top hakamga tegib qolsa, erkin zarbalar berilishi mumkin.

Yangi qoidalar 2019-yil iyun oyidan kuchga kiradi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social