«Liverpul» – «Atletiko» o‘yini 41 kishining koronavirusdan o‘lishiga sabab bo‘lgani aytildi

«Liverpul» – «Atletiko» o‘yini 41 kishining koronavirusdan o‘lishiga sabab bo‘lgani aytildi

UYeFA Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Liverpul» hamda «Atletiko» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 41 kishining koronavirusdan o‘limiga olib kelgan. Bu haqda Britaniyaning Sunday Times nashri yozmoqda.

11 mart kuni Liverpulda o‘tkazilgan bu o‘yinda 52 mingdan ko‘proq muxlis qatnashgan va ularning 3 ming nafari Ispaniyadan kelgan «Atletiko» muxlislari bo‘lgan. Sunday Times Britaniya sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbasiga asoslanib xabar berishicha, o‘yinda qatnashganlar va ular orqali koronavirus yuqtirganlarning 41 nafari vafot etgan.

London imperial kolleji va Oksford universiteti tekshiruvlarga ko‘ra, «Liverpul» – «Atletiko» o‘yini o‘tkazilgan vaqtda Ispaniyada allaqachon 640 mingdan ko‘proq odam koronavirus yuqtirib bo‘lgan. Britaniyada esa u vaqtda 100 mingdan ko‘proq odam infeksiyani yuqtirib ulgurgan (test o‘tkazilmagan odamlarda ham virus bo‘lishi hisobga olingan holda shunday raqamlar keltirilgan – tarj.).

Liverpul shahar meri Stiv Rouzeramning aytishicha, «Liverpul» – «Atletiko» o‘yini o‘tkazilmasligi kerak bo‘lgan. Bu uchrashuv Britaniyada futbol musobaqalari to‘xtatilishidan avval o‘tkazilgan eng oxirgi o‘yin bo‘lgandi. Unda 3:2 hisobida g‘alab qozongan «Atletiko» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:2 hisobida g‘olib bo‘lib, chorak finalga chiqqan. Ma’lumot uchun, «Liverpul» Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi.

Mart oyida Cheltenhemda o‘tkazilgan ot poygasi musobaqalari ham koronavirus tarqalishiga sabab bo‘lgan. Poygalarda 250 mingdan ko‘proq odam ishtirok etgan va ular Britaniyada sport musobaqalarini o‘tkazish xavfsiz deb topilgani uchun tashkillashtirilgan. Sunday Times`ga ko‘ra, Cheltenhemdagi ot poygalari keyinchalik 37 kishining koronavirus yuqtirib vafot etishiga sabab bo‘lgan.

Ayni damda Britaniyada 260 mingdan odamda koronavirus aniqlangan. Kasallik 37 mingga yaqin britaniyalikning o‘limiga sabab bo‘lgan. Mamlakat bosh vaziri Boris Jonson ham koronavirus yuqtirib, davolanib chiqqandi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Xa bunaqa vazeyatda xec qanaq oyin cempianat keremas insonlar olim bn olievotkan bir voqtda ciponla oyin sporti kungilga sigarmidi.

  2. Fazo.tv

    To’g’ri aytasiz, o’sha paytda UEFA o’yinni bekor qilishi kerak edi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social