15 noyabr`, juma kuni V`etnam poytaxti Xanoyda V`etnam va O`zbekiston terma jamoalari OK-2015 saralash 4-tur o`yinida o`zaro maydonga tushishdi. Qiziqarli kechgan o`yinda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi 3:0 hisobida g`alaba qozondi.
O`yinning dastlabki daqiqalarida V`etnam terma jamoasi a`zolari ancha faol harakat qilgan bo`lsalarda, Qosimov shogirdlari tez orada tashabbusni o`z qo`llariga ola bilishdi. Ketma-ket hujumlar faqat 41-daqiqaga kelib o`z samarasini berdi. Terma jamoada debyut o`yinini o`tkazayotgan Vohid Shodiev raqib darvozabonining xatosidan unumli foydalandi va hisobni ochdi – 0:1. Birinchi bo`lim esa, shu tariqa O`zbekistonning minimal hisobdagi g`alabasi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo`limning ilk daqiqasida Igor` Sergeev raqib darvozasini ishg`ol etib hisobni 2:0 ko`rinishiga olib keldi. Ikkinchi bo`lim boshida maydonga tushirilgan Sardor Rashidov esa butun bo`lim davomida ancha faol harakat qildi va bir nechta havfli vaziyatlarni yaratdi. Aynan Bunyodkor klubi yarim himoyachisi 90-daqiqada o`yinga yakuniy nuqtani qo`ydi – 3:0.
Shu tariqa, safarda V`etnamni mag`lubiyatga uchratgan O`zbekiston milliy terma jamoasi «E» guruhida o`z hisobidagi ochkolari sonini 7taga etkazib oldi. Mirjalol Qosimov shogirdlari o`zining navbatdagi uchrashuvini 19 noyabr` kuni safarda Gongkong terma jamoasiga qarshi o`tkazadi.
Manba: www.anons.uz
Shu har doim yahshi boshlashadi, ohirigi keganda esa……
19 noyabrda ham kamandamizga omad tilayman
xa ertaga terma jamoamizning uyini, omad sizlarga yigitlar!