Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi so`nggi turidan o`rin olgan bellashuv yakunlandi. Toshkentning “Paxtakor” klubi BAA “Al Shabab” kulibini qabul qildi. “V” guruhi vakillari nimchorak final yo`llanmasi taqdirini hal qilishdi.
Birinchi bo`limning ilk daqiqalaridanoq mexmonlar “Paxtakor” darvozasiga to`p kiritib, hisobni ochishdi. Esam Dxaxi o`ng qanotdan jarima maydoni ichiga oshirilgan to`pni oyoqlari bilan Lobanovning chap burchagiga joylab qo`ydi – 0:1.
Shundan so`ng ustunlik to`laligicha “Paxtakor” qo`liga o`tdi. Bosimni oshirgan Murod Ismoilov shogirdlari raqib jarima maydoni atrofida bir qator xavfli hujumlarni tashkil qildi. 18-daqiqaga kelib o`rtadagi muvozanat tenglashdi. “Al Shabab” yarim himoyachisi Aziz Haydarov Igor` Sergeevning oyog`idan “ilib” qolgani tufayli eronlik hakam BAA jamoasi darvozasi tomon penal`ti belgiladi. Nuqtaga yaqinlashgan Kaxi Maxaradze hisobni tenglashtirdi – 1:1.
Ikkinchi bo`lim ham yanada qiziqarli o`tdi. “Paxtakor” jamoasi ustunlikni qo`lida ushlab turdi. Darvozani ishg`ol qilish uchun bir qator imkoniyatlarga ega bo`ldi. Ammo yosh “sherlar”ga tajriba etishmagani ochiqchasiga ko`rinib qoldi. Natijada qarshi hujumlarning birida Lobanov darvozasidan yana bir marta to`p olib chiqdi. Chap qanotdan belgilangan jarima to`pini Siel to`ppa-to`g`ri darvozaga joylab qo`ydi – 1:2.
Hatto durang ham maydon egalarini keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin edi. Ammo “Paxtakor” “Al Shabab” uchrashuvi “sherlar” uchun omadsiz tugallandi. “Paxtakor” keyingi bosqichga chiqa olmadi.
мураббий куп гапиради, уни алмаштириш кере, бу кетишда биринчи лигадаям охирги уринда коб кетади
man ham qushilaman, uni xaydash kere
qani uzinga bugan ishonch uzbegim, qani umidlar, axir futbolimiz faxri ham sen eding PAKHTAKORIM