Senegal Misrni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Afrika Millatlar Kubogida g‘olib bo‘ldi

Senegal Misrni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Afrika Millatlar Kubogida g‘olib bo‘ldi

Kamerunda o‘tgan Afrika Millatlar Kubogi finalida Senegal va Misr jamoalari ro‘baro‘ keldi.

Bellashuv boshida senegalliklar sardori Mane penaltidan foydalana olmadi. Bahsning qolgan qismida va qo‘shimcha bo‘limlarda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa Senegal ustun kelib, o‘z tarixida ilk bor qit’a chempioniga aylandi.

Saloh sardorligidagi Misr kumush, mezbon Kamerun esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, Misr ushbu turnirda pley-offning 4 o‘yinida ham 120 daqiqa harakat qildi va ularning 2tasida «lotoreya»da ustun keldi, ammo finalda mag‘lub bo‘ldi.

Afrika Millatlar Kubogi. Final
Senegal — Misr 0:0
Penaltilar seriyasi — 4:2.

6 fevral. Kamerun. «Stad d’Olembe»
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Mane (7).
Senegal — E.Mendi, B.Sarr, Kulibali, Diallo, Siss, Kuyate (P.Guyye, 66), N.Mendi, I.Sarr (Dia, 77), I.Guyye, Mane, Dedu (Deng, 77).
Misr — Abu Gabal, Ashur, Ablumonem, Hamdi, AbulFatuh, Fati (Lashin, 99), El Nenni, As Soliya (Trezege, 59), Marmush (Zizu, 59), Saloh, Muhammad (Hamdi, 59).
Ogohlantirishlar: Abdulmonem (5), N.Mendi (17), Fati (37), Kulibali (44), Diallo (54), Mane (88).

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Saloh yutuwi kere edi, lekin bunaqa jamoa bilan yutiw qiyin afsus

  2. Vamosss

  3. Senegal jamoasi ismlar buyi4a an4a ku4li Misrga qaraganda, wunda ham Misr penaltilada yutqazdi, barakalla deyiw kere.

  4. be4ora Salah… sad

  5. Karimov

    good smile

  6. Hashimov M.

    barakalla!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social