Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos Halqaro Futbol Tarix va Statistika Federatsiyasi (IFFHS) bo`yicha 2014 yilning eng yaxshi o`yinchisi deb tan olingan. Bu haqida tashkilotning rasmiy saytida xabar berilgan.
Kroos Germaniya terma jamoasi safida 2014 yilda 110 ochko yig`ishga muvoffaq bo`lgan. Ikkinchi o`rinni “Barselona” klubi va Argentina terma jamoasining hujumchisi Lionel` Messi bo`lgan, u Kroosdan ikki ochko pasta joylashgan. Uchinchi o`rinni esa “Real” va Kolumbiya terma jamoasining hujumkor yarim ximoyachisi Xames Rodriges egallagan va u 53 ochko yig`ishga muvaffaq bo`ldi.
Ta`kidlab o`tish joizki, oldingi olti yil mobaynida ushbu taqdirlashda “Barselona” o`yinchilari Xavi (2008-2011) va Andres In`esta (2012-2013) edilar.
Manba: http://www.championat.com/