Ko‘p marta ko‘rgan bo‘lsangiz ham sevimli multfilmlaringizdagi siz payqamagan holatlar (foto)

Ko‘p marta ko‘rgan bo‘lsangiz ham sevimli multfilmlaringizdagi siz payqamagan holatlar (foto)

AdMe nashri sevimli va qadrdon multfilmlarni yodga olib, ulardagi siz e’tibor bermagan holatlarni to‘pladi.

Shrekning hojatxonasidagi yarim oy dastlab ayollar hojatxonasining ramzi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Ilgari hojatxonalar hatto savodsiz aholi ham tushuna oladigan maxsus piktogramma bilan belgilangan, degan taxmin bor. Yarim oy ayollar hojatxonasida, quyosh esa erkaklarnikida ishlatilgan. Bunday belgilar bir sababga ko‘ra qabul qilingan: qadim zamonlardan beri oy ayollarning, quyosh esa erkaklarning ramziy belgisi hisoblanadi.

Yana bir taxmin ham bor: hojatxona eshigidagi kesma shunchaki shamollatish va ayni paytda o‘ziga xos tutqichdir. Bu kesmaning shakli juda muhim emas edi: romb, V yoki yurak shaklidagi tirqishlar ham bo‘lgan. Ammo ommaviy madaniyatning tarqalishi bilan yarim oy kundalik hayotda qo‘llanila boshlandi.

Olovuddinning bosh kiyimidagi pat qahramon yolg‘on gapirayotganidan darak beradi

O‘zining ijobiy fazilatlari va qahramonligiga qaramay, Olovuddin ham firibgar bo‘lgan. Uning kamchiliklaridan biri — xayolparastlikka moyillik va natijada yolg‘on gapirishidir. Ayniqsa, Olovuddin shahzoda qiyofasida Sulton va Yasmin saroyiga kelganida ko‘p yolg‘on gapiradi.

Uning kiyimidagi o‘ziga xos xususiyati — bu yolg‘on gapirayotganidan darak beruvchi sallasidagi katta binafsharang patdir. Olovuddin haqiqatni gapirsa, u o‘z holidek turadi. Ammo qahramon o‘zining uydirma boyliklari, xizmatkorlari va “saroy hayoti mashaqqatlari” haqida gapira boshlasa, pat pastga egilib qoladi, ba’zan esa to‘g‘ri yuziga tushadi.

“Maxluqlar uyushmasi”dagi Bu “Sohibjamol va maxluq” multfilmidagi qo‘shiqni kuylaydi

Salli Buni hojatxona eshigi yonida kutib turganda, qizcha g‘o‘ldirab, qo‘shiq kuylaydi. Ushbu qahramonga ovoz bergan aktrisa Meri Gibbs mualliflik huquqi bilan bog‘liq muammolar tufayli dublyaj paytida original qo‘shiqdan foydalana olmaganini tan oladi.

Multfilm ijodkorlari Meri tomonidan ijro etilgan tasodifiy ohanglar to‘plamini yozib olishadi va eng yaxshi qismini tanlashadi. Agar multfilmning asl nusxasini tomosha qilsangiz, Bu qo‘shig‘ining bir qismi “Sohibjamol va maxluq” filmining asosiy saundtreki bo‘lmish Tale as Old as Time’ni eslatadi.

“O‘yinchoqlar tarixi” multfilmidagi kovboy Vudi o‘rta yoshli erkak

“O‘yinchoqlar tarixi-2”da Vudi o‘zining o‘tmishi – 1950-yillarda qo‘g‘irchoq multfilmlari seriyasida paydo bo‘lganligi haqida bilib qoladi. Taxminlarga ko‘ra, birinchi qismda voqealar 1995-yilda (multfilm chiqqan yili), uchinchi va to‘rtinchi qismlarda esa 20 yildan keyin sodir bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, Vudi 40 yoshdan oshgan. Multfilmlar seriyasining oxirida u 60 yosh atrofida bo‘lishi kerak.

“Sohibjamol va maxluq” multfilmidagi Bellning kitobi qahramonning taqdiriga ishora qiladi

Multfilm boshida Bell favvora yonida o‘tirib, qo‘shiq kuylaydi. Yangi kitobining sahifalardan birida qaysidir ma’noda kelajakdagi sujetni bashorat qiladigan rasmni ko‘rish mumkin. Rasmda qirol qal’asi oldida qora sochli qiz va yigit tasvirlangan.

“Jirkanch men” multfilmidagi Gruning qizlari uning uchta asosiy minioniga o‘xshaydi

Diqqat bilan qarasangiz, Gruning qizlari uning uchta asosiy minioni — Kevin, Styuart va Bobga o‘xshashligini ko‘rish mumkin. Qizlar ularga nafaqat hajmi va tashqi ko‘rinishi, balki xarakteri bilan ham mos keladi. Margot, Edit va Agnes Gruning asrab olingan qizlari ekanligini hisobga olsak, bu bosh qahramon ongsiz ravishda unga eng sevimli minionlarini eslatgan qizlarni asrab olishga qaror qilganidan dalolat beradi.

Diego suvdan faqat “Muzlik davri”ning ikkinchi qismida qo‘rqadi

“Muzlik davri – 2: Global isish” multfilmida tomoshabinlar sujetdagi xatolikni payqab qolishdi. Franshizaning bu qismida Diyego to‘satdan suvdan qo‘rqib qoladi. Ha, u hatto Sid masxara qiladigan ko‘lmakka tushishdan ham cho‘chiydi.

Biroq birinchi qismda Diyego suvdan qo‘rqmaydi. U multfilm avvalida ona va qizni ta’qib qilganda daryo bo‘ylab xotirjam yuguradi. Umuman olganda, ikkinchi qismda ham suvdan qo‘rqish tushunchasi aslida noto‘g‘ri, chunki yo‘lbarslar tug‘ilgandayoq suza olishadi.

Skrudj Makdak shunchalik boyki, u Forbesning xayoliy ro’yxatida ikkinchi o’rinda edi

Skrudjning omborlarida juda ko’p pul bor va u ularda cho’miladi. Ammo biz uning boyligini hech qachon hisoblamaganmiz. Forbes jurnali buni ko’rib chiqdi va mashhur madaniyatdagi xayoliy qahramonlar reytingini tuzdi. Skrudjning boyligi shunchalik katta bo’lib chiqdiki, bu unga ushbu ro’yxatda ikkinchi o’rinni egallashga imkon berdi. Undan faqat “Twilight” franshizasidagi Karlayl Kallen o‘zib ketdi.

Sizga bu multfilmlar yoqadimi? Ular haqida birinchi marta qanday faktlarni bilib oldingiz?

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. hammasini kurganman!

  2. yaxwi kuraman wulani

  3. Jasurbek

    raxmat good

  4. multikla juda yaxwi k6ramande

  5. Sumayya

    kiss kiss kiss

  6. Lazizbek

    good good good good

  7. Shaxnoza

    rahmat

  8. vau!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social