Pessimist bo`lish yaxshimi yomonmi?

Pessimist bo`lish yaxshimi yomonmi?

Xo`sh, pessimist bo`lish shunchalik yomonmi? Ammo pessimistlarning hech kimga foydasi tegmaydi, degan fikrga kelmaslik kerak. Bunday insonlarning kamchiliklari ko`p bo`lsada, ular hayotga real qaraydilar. Bundan tashqari, pessimistlar boshqalarga qaraganda aqlli, fikr doirasi keng insonlar ekanligi aniqlangan.

Ular yuzaga kelgan vaziyatni to`g`ri baholash hamda uni nazorat qilish xususiyatiga egadirlar. Bu borada olimlar shunday deydilar: «Pessimist bir oz xafa, tund qiyofasida ko`rinsa-da, u zakovat egasi. Zohid va olimlar aynan shu toifadan kelib chiqadilar».

G`arbning mashhur ruhshunosi Seligmanning fikricha, «har bir kompaniya pessimistlarga muhtoj». Bu juda qiziq bo`ldi. Axir ijobiy dunyoqarash kishining butun hayotini belgilaydi, uning sog`lig`i, hayotda munosib o`rin egallashiga turtki bo`ladi, degan edingiz-ku, deyishingiz turgan gap. Bu fikrlarning bari to`g`ri, ammo pessimistlar kompaniyaning hozirgi holati, u duch kelishi mumkin bo`lgan muammolardan saqlab qolishi mumkin.

Xuddi shu narsa, insonning salomatligi borasida ham aks etadi. Optimistlar doimo ko`tarinki kayfiyatda bo`lishga intilganlari uchun, ko`pincha o`zlarini ayamaydilar. Pessimistlarning bu boradagi ehtiyotkorligi ularga foyda beradi, turli noxushliklardan saqlaydi.

Yuristlar, moliyaviy bo`lim boshliqlari, texnika xavfsizligi bo`yicha mas`ul shaxslarning barchasi «professional pessimistlar»dir. Ularning vazifasi rahbariyatni yuzaga kelishi mumkin bo`lgan noxush holatlardan xabardor qilish hisoblanadi.

Agar bu ikki xislatni o`zingizda jam qilsangiz, xayotdagi qiyinchiliklardan engilmay o`tishingiz mumkin. Optimist bo`lsangiz juda ham yaxshi, ammo pessimistlar kabi bir oz ehtiyotkor  bo`lishga, bajarilishi qiyin bo`lgan ishlarga qo`l urishdan tiyilishga o`rgansangiz yaxshi. Pessimist bo`lsangiz, fe`l-atvoringizning bu tomonga zo`rayib ketishiga yo`l qo`ymang.

Aks holda, doimo ruhi bezovta, ko`ngli doimo cho`kkan, hayotdan bahra olish nimaligini bilmay o`tadigan shaxs sifatida o`tasiz. Bu dunyoda yashayotgan inson zoti borki hayotida bir marta bo`lsa ham o`z-o`ziga «Men baxtli bo`lamanmi?», degan savolni berib ko`rgan.

Har bir odamning baxti o`z qo`lida. Avvalombor, qaysi oilada tavallud topgani, uning ota-onalari, avlod-ajdodlari kim ekanligi, nima bilan shug`ullanganligi, bir so`z bilan aytganda nasliy omilidir.

Ikkinchidan, har birimizni individual psixologik xususiyatlarimiz – mehnatsevarligimiz, irodamiz, tirishqoqligimiz, aniq hayotiy maqsadlarimizning mavjudligi va ularga etishish yo`lida faoliyatimizni tashkil etishimiz, hayotda muqarrar ravishda uchrab turadigan qiyinchilik, to`siq va muammolardan bukilmasligimiz, vaqtincha bukilgan taqdirda ham sinmasligimiz, ba`zan boshimizga tushib qoladigan og`ir holatdan oqilona chiqib keta olishimiz mazkur holatdan hayotda o`zimiz va atrofdagilarimiz uchun qimmatli xulosalar chiqarishimizga bog`liq.

Kommentlar: 22 komment. 22 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Нигора

    Тугри, пессимист булиш – бу узинг учун яхши, лекин буни кунгли нозик инсонлар тушунмайди ва тезда хафа булиши мумкин

  2. men_pessimist

    bekorlarni aytibslar, misol mana men pessimistman va shu vaqtgacha hech kim manga nolimadi, man o’zimam shuni deb hech ham qiynalmadim. pessimistlik ham ebi bilan bo’lishi kerak

  3. «Мен бахтли бўламанми?» – бу тугри савол, канча ёшинга ёш мингани сайин бу саволга жавоб беришга кийналиб коласан киши. Инсон хакикий бахт нимада эканлигини умри утгани сайин тушуна боради

  4. Halk – сиззи гапизга кушиламан, лекин бир савол тугилади – инсон узининг бахтли еканлигини айнан шу вактда тушуниб етадими? ёки шу бахтли онлар утиб кетганидан кейинми?

  5. Little boy

    Optimist bolish manimch hech narsani oylamaslik yani miyani oyash uchun ishlatmaslik ilmiy vaziyatlardan tashqari kim nimadeydi qoshilaslarmi

  6. Amirxon

    Optimist degani manimcha barcha holatlarda hayotga kulgu bilan qarash va barcha qiyinchiliklarni shu kulgu bilan yengib o’tish

  7. Dr_Muhammadali

    har bir pessimistlik tagida optimistlik yotadi!

  8. Akmalbek

    xar bir optimistlik tagida pissimistlik ham bor laugh

  9. Дарик

    Ман тушкунликка тушип колганлигимдан писсимист булиб колишим мумкин экан. Рос еки ялгон билмадим.

  10. Umid_okaa

    Pessimist bo’lishning o’ziga yarasha yaxshi jihatlari ko’p lekin uni yomon yo’lda ishlatsak zarari undanda ko’p mening fikrimcha)

  11. Beautiful girl.

    Men ozimni pessimist deb oylayman. Chunki doim konglim chokkan , g’amgin , hayotdan zavq olib yashashni bilmayman. Doim zerikib ketaman va hayotni ham zerikarli deb oylayman. Harakterim kopchilikka yoqmaydi shuning uchun dost orttira olmayman . Hech kim meni tushunmaydi . Doim ozim yolgizman . Menimcha pessimistlik yaxshi emas.

  12. Fazo.tv

    Salom! Siz “Menimcha pessimistlik yaxshi emas.” – degan fikrni bildiribsiz. Lekin sizning baxtingiz sizning qo’lingizda. Xudo har birimizni unikal qilib yaratgan. Kimdir optimist, kimdir esa pessimist. Bu dunyoda har bir odam baxtli bo’lishi mumkin, lekin baxtli bo’lish-bolmaslikni bu psihologik tomonlarimiz emas, aksincha hayotga, odamlarga va ayniqsa o’z shaxsiyatimizga bo’lgan munosabatimiz belgilaydi. Siz tepada o’z haqingizda yozgan habaringizdagi fikrlarga afsus qo’shila olmayman. Chunki aslida siz ajoyib insonsiz, sizdek inson bu dunyoda boshqa yo’qdir, siz mutlaq noyobdirsis. O’zingizga bo’lgan munosabatingizni o’zgartiring, siz unday emassiz! Siz ajoyib va noyobsiz!

  13. realist bilan pessimistni aralashtirib maqola yozibsiz.
    Realistning sifatlarini pessimistga yopishtirib maqola qilibsiz.

  14. Jahongir

    Pesimst yoki optimist bolish shares emas baxtli boliw un.lekin men optimistlarga qaraganda pisimistlarni kuchli db bilaman.cunki pisimistlar qilaman dgan Iwini Albatta qiladi.unga imkonsizdek koringan iwni ozi bolmaydi optimist esa bu borada ikkilanishi aniq.

  15. Fazo.tv

    SAlom Jahongir! O’zingizni kim deb bilasiz? Pessimistmi yoki optimistmi?

  16. Shukrullo

    Salom men ko’pincha hayyotan hafa, g’amgin, o’ychan bo’lip yuraman bu esa oilamga, do’stlarimga ham o’z tasirini ko’rsatmastan qolmaydi albatta ular uchun hursan ko’rinishga kulib yurishga harakat qilaman lekin bu mendan katta energya talab qiladi
    Hullas bazida o’zimdan ham zerkip qolaman
    Pessimist nimadan kuch olishini uning uning g’amgin, kayfiyatsiz yurgani oqibatida yoqotgan energyasini nimadan olishini anglap yetishi muhum dep o’ylayman

  17. Fazo.tv

    Salom Shukrullo, fikringiz uchun raxmat. Hayotingizni o’zgartirishga harakat qilib ko’rmaganmisiz?

  18. Azizbek Davletov

    Xo’sh… men 17 yoshdaman ochig’i men har doim optimst bo’lganman lekin atigi bir kunda hammasi o’zgardi umidlarim puchligini anglaganimdan so’ng nimagadir hech narsa yoqmay qoldi endi bekorga harakat qilishni hohlamayman tavvakal haqida esa o’ylamayman ham doimo yangilikni qidirardim endi esa har qanday yangilikni yomon tomonlari o’z o’zidan xayollarimni chulg’ab oladigan buldi tanqidiy nigoh kuchaydi hech kimga ishonmayman his tuyg’ular o’lganday endi har bir ishimni 7 marta o’lchab keyin yana bir marta o’ylab kurgandan sunggina bajaraman eng yomoni chekish ichishga moillik kuchaydi yeyish uxlash asosiysi bulib qolgan undanam yomoni bular odat tusiga aylanib qolmoqda lekin bunlarga sabab singan ishonch va umidsizlik.

  19. Fazo.tv

    Salom Azizbek Davletov, nega shunday bo’lgan, aytib bera olasizmi?

  20. Pessimistlik yomon emas, optimistlik ham. Ikkala shaklda ham odam miyasini ishlatishi kerak. Tushkunlikka tushgan bo’lsangiz uning sababini qidirib toping, topgandan so’ng yechimini qidiring. Lekin eng asosiy fikr bu – hayotingiz doim ham bunday noxushliklardan iborat emas va aksincha. Bu dunyo bir arzimas matoh, siz harakat qilavering Allohga duo qiling, tavakkal qiling, Qalbingizni muhofazasi bilan shug’illaning. Sog’lom qalb egasi bularni bari o’tkinchi ekanligini tushunadi, yashashdan yagona maqsad nima ekanligini biladi. Zohid va olimlar aynan ana shunday insonlardan chiqadi!

  21. Fazo.tv

    Sizningcha yashashdan maqsad nima?

  22. Nazokat

    Man optimist emasman.Fikrimcha har ikkala harakter yaxshi oziga yarasha Asosiysi Irodali,yeqilsa yana turishni eplidigan odam Qatiyatli boladi,juda kop omadsizliklar boshimdan o’tdi ammo hozir hammasi Zor negaki sabr,iroda,vaqt,tajriba shulardan o’ttim Sinovlar bomasa rivojlanmidi inson shu sinovlarni bergan yaratkanga Shukur

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social