O‘tirib ishlash nima uchun zararli va muammoning oldini qanday olish mumkin?

O‘tirib ishlash nima uchun zararli va muammoning oldini qanday olish mumkin?

Olimlar harakatsiz turmush tarzi zamonaviy jamiyatning balosi ekanini aytishdan charchamaydi. “Lisa.ru” nashri nima uchun bu juda xavfli ekanini va inson o‘ziga qanday yordam berish mumkinligini ma’lum qildi.

Harakatsiz turmush tarzi va uning bir qismi sifatida harakatsiz ish muammosi uzoq vaqtdan beri Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan xavfli deb ta’kidlanmoqda. Ko‘rinib turibdiki, bunday narsa yuz bermayapti: siz ichmaysiz, chekmaysiz, hatto tez ovqat yemaysiz, lekin shunchaki o‘tirasiz va hech kimni bezovta qilmaysiz. Quyida bularning barchasi haqiqatda sog‘liqqa qanday ta’sir qilishini bilib olish mumkin.

Vazn ortishi

Inson qancha ko‘p o‘tirsa, shunchalik kamroq harakat qiladi. Agar haftada bir necha marta sport bilan shug‘ullanilsa ham, bu yo‘qotishlarni qoplash uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Vazn hech qanday sababsiz ortib borayotgandek tuyiladi, lekin aslida ovqatdan olgandan ko‘ra kamroq energiya sarflanadi. Yog‘ birikmalari bir vaqtning o‘zida ichki organlarni qo‘lga olishni boshlaydi. Bu visseral yog‘ deb nomlangan bo‘lib, tadqiqotlar ko‘plab surunkali kasalliklar, shu jumladan, saraton bilan bog‘liq.

Nima qilish kerak?

Ish kunida har 15-30 daqiqada, shunchaki bino yoki ofis atrofida yurish uchun tanaffus qilish lozim. Kuniga bir marta, tanaffus yetarlicha uzoq bo‘lishi kerak, shuningdek, harakat qilish tavsiya etiladi. Masalan, eng yaqin do‘konga borish yoki bog‘da sayr qilish mumkin, agar u juda uzoq bo‘lmasa. Agar muntazam ravishda mashq qilinmasa, ertalab mashq qilish (10 daqiqa), kechqurun yengil yugurish yoki sakrash kabi kichik jismoniy mashqlarni qo‘shish mumkin.

Va, albatta, nima iste’mol qilinishiga ham e’tiborli bo‘lish lozim. Ko‘pincha, belgilangan muddatlarga rioya qilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri kompyuter qarshisida ovqatlanamiz, shuning uchun miya asosiy vazifaga e’tibor qaratib, ochlik va to‘yish signallarini kuzatishga vaqt topolmaydi.

Varikoz tomirlari

Muammoning turiga qarab, bu nafaqat kosmetik nuqson, balki jarrohlik davolashni talab qiladigan o‘ta jiddiy holat bo‘lishi mumkin. Varikoz tomirlarining birinchi alomatlari oyoqlarda og‘riq, shish, charchoq va og‘irlik yoki gemorroy og‘riq, qichishish, yonish va qon ketish kabilar paydo bo‘lganda, iloji boricha tezroq tekshiruvdan o‘tish uchun mutaxassis bilan bog‘lanish kerak.

Tomir kasalliklariga chalingan odamni o‘tirib ishlash natijasi deb atash mumkin. Vaqt o‘tishi bilan tomirlar o‘z tonusini yo‘qotadi, ulardagi qonning harakati asta-sekin sekinlashadi, bu venoz tiqilishi shakllanishiga olib keladi. Qon shunchaki tortishish kuchini yengib, yurakka qaytib kelmaydi. Bu jarayonlar surunkali venoz kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Agar varikoz tomirlari hali bo‘lmasa, ko‘proq harakat harakat qilish zarur. Agar sport yoqmasa, jismoniy faoliyatning qaysi versiyasi ko‘proq zavq keltirishi haqida o‘ylab ko‘rish mumkin. Balki yakshanba kunlari suzishga borish oson bo‘lar yoki tennis o‘yini kayfiyatni ko‘tarar.

Agar allaqachon ushbu kasalliklardan biriga tashxis qo‘yilgan bo‘lsa, davolanishni o‘z vaqtida boshlash va shifokorning barcha tavsiyalariga amal qilish juda muhimdir. Terapiyaning eng keng tarqalgan va ishlatish uchun qulay usullaridan biri tabletkalar shaklida tizimli venotonika hisoblanadi. Ular tomirlarning tonusini yaxshilashga, qon aylanishini tiklashga va venoz tiqilishini kamaytirishga yordam beradi.

Orqa va bo‘yin og‘rig‘i

Kompyuterda ishlayotganda umurtqa pog‘onasi shikastlanmasligi uchun unga og‘irlikni to‘g‘ri taqsimlash kerak. Ya’ni, stul qulay va yetarlicha baland orqa tomoniga ega bo‘lishi muhim, ekran ko‘z oldida, oyoqlar 90 daraja egilib, polda turishi lozim.

Uyda ishlayotganlar esa divanda, yotgan holda, stol o‘rniga kresloda ishlash imkoniyatidan mahrum emas. Natijada, bel va bo‘yin sohasidagi kichik noqulaylikdan, odam o‘tkir og‘riqlar va tomir tortishishi bosqichiga o‘tadi, bu bilan kurashish tobora qiyinlashib boradi.

Nima qilish kerak?

Agar hali davolanish ishlari boshlanmagan bo‘lsa yoki muammoning oldini olish kerak bo‘lsa, uchta nuqtaga e’tibor berish kerak: uxlash vaqtida umurtqa pog‘onasi uchun qulay matras, yoga mashg‘ulotlari, shuningdek, stressga qarshi ta’sirni ta’minlang va kamida ikki haftada bir marta massaj olish tavsiya etiladi.

Agar og‘riq allaqachon paydo bo‘lgan bo‘lsa, shifokorsiz biror haeakat qilish mumkin emas. U topikal muolajalarni, tabletkalarni yoki terapevtik massajni tavsiya qilishi mumkin, bu an’anaviy massajdan farqli o‘laroq, faqat ko‘rsatmaga ko‘ra amalga oshiriladi.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. man har bir soat mashq qilaman, shunga belim ham orimidi

  2. Sumayya

    foydali maqola chiqibti, fazotv har doimgidek bravo smile

  3. sport bilan wugullaniw kere, wunda he4 qatila orimidi

  4. uyda wugullansa ham buladi, lekin ku4agayam 4iqila. bu uyda iwlidganla u4un yozdm

  5. Ulugbek

    yaxshi

  6. Rustamov

    mani orqam orib turadi, utirurganimdan

  7. raxmat

  8. Shodiya

    foydali 4iqibti

  9. Shaxriyor

    ofisda iwlasa4i? asosan iwim komp yonida utadi, turomiman

  10. ofisdayam har bir soat turib yuriw kere

  11. Наргиза

    good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social