Baxt va salomatlik bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Bu ikkala holatni bir darajada ushlab turish unchalik qiyin emas. Zararli odatlar, issiq dush, yog‘siz tvorog — sog‘lom va baxtli yashash uchun ulardan voz kechgan yaxshiroq, deb yozadi Marie Claire.
Ertalabki qahvani keyinroq iching
Yo‘q, qahvadan voz kechish tavsiya etilmaydi, ayniqsa uni juda ham yaxshi ko‘rib iste’mol qiladiganlar uchun. Bu ichimlikning foyda va zararlari haqida soatlab gapirish mumkin, ammo hozir gap bu haqda emas. Shunchaki ertalabki meditatsiya seansini bir chashka qahva bilan biroz vaqtga kechiktirish taklif qilinadi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, uyg‘ongandan keyin bir soat ichida organizm stress gormoni — kortizol ishlab chiqaradi. Bu insonning ko‘nglini ko‘tarishga va butunlay uyg‘onishga yordam beradi. Ertalabki qahva esa bu jarayonga xalaqit berishi mumkin. Gap shundaki, kofein kortizol ishlab chiqarishni to‘xtatadi va organizmning tabiiy uyg‘onishiga to‘sqinlik qiladi.
Sovuq dush qabul qiling
Ertalabki sovuq dushning har bir daqiqasi organizmni tetiklik va energiya bilan to‘ldiradi, insonga yangi hislar beradi va uzoq kunga tayyorlaydi. Asosiysi, to‘g‘ri haroratni tanlash. O‘ta sovuq suv teri uchun juda issiq suv kabi zararli — ikkalasi ham epidermis hujayralariga zarar yetkazadi, teri qurishi va tirnash xususiyatini keltirib chiqarishi mumkin. Ammo teriga yoqimli bo‘lgan harorat topilsa, ertalabki uyquchanlik va yomon kayfiyat haqda o‘ylamasa ham bo‘ladi.
Parhezbop mahsulotlarni iste’mol qilmang
Yorma, bo‘tqa, yog‘siz tvorog, parhezbop shirinliklar — bularning barchasi faqat organizmni aldash xolos. Ha, ular oddiy mahsulotlarga qaraganda kamroq kaloriyalarga ega, ammo, afsuski, foydali emas.
Ovqatlanish bilan bog‘liq eng katta muammo — bu kaloriyasiz mahsulotlarni tanlash. Kun davomida muhim vazifa bajarilgach, darrov dam olish istagi paydo bo‘ladi. Buning uchun yog‘siz tvorog iste’mol qilib, sport zaliga bormaslik mumkin, degan fikr mavjud. Lekin ikkisi ham bir-birining o‘rnini bosa olmaydi. Va ayni vaqtda, ular organizmga ikki xil ko‘rinishda ta’sir qiladi.
Osuda xonada uxlang
Soatning ovozi go‘yoki tinchlantiruvchidek tuyilishi mumkin, lekin bu faqat bir qarashda. Aslida monoton va ritmik tovush doimiy uyqusizlikka olib keladi. Yotoq xonada asab tizimini bezovta qiladigan buyumlarni imkon qadar kamroq saqlashga harakat qilish lozim, masalan, soat, ventilyator, televizor kabi.
Ertalab va kechqurun mashq qiling
Ertalabki mashq mushaklarni uyg‘otadi, qonni organizm bo‘ylab tarqatadi va kuch beradi. Kechqurungi mashq esa teskari yo‘nalishda harakat qiladi — kuchlanishni yengillashtiradi, kun davomida to‘plangan charchoqni chiqarib tashlaydi, organizmni tinchlantiradi va uxlash uchun tayyorlaydi.
Tik o‘tiring
San-Fransisko universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, to‘g‘ri o‘tirish miyaga kislorod oqimini 40 foizga oshiradi, bu esa organizmdagi faoliyatni sezilari darajada yaxshilaydi. Buni yodda saqlash juda muhim, ayniqsa, kuni bilan ish vaqti ofisda o‘tadiganlar uchun.
bizani wunaqa zur maqolala bln hursan qilasila
rasmla zuru
Assalomu aliykum soglom bulish yqxshi birinchi galda har bir iwhda soglik muhimdir aziza maqola yaxshi ekan chindan lekin bu maqola men uchun emas ekan afsus ha Otabek gapim ogir botsa uzuru sal uzizni qulga ovosez yaxshi bulardi gapim uchun uzur
Nega siz u4unmas?
nima qipman??
Хар бир инсон бахтли булишга хаклидир!
yaxwiii
Yangi odamla kirvotganidan hursandman, kelila taniwamiz
Assalomu aliykum hammaga Aziza bilasizumani sela etvotgande soglommasmanu siz etga qanaqa edi ha depressiya ushanaqa kasali borakan ozgina uni asoratlariman sezilvottide ushanchun boshim ham ozmuncha ogrivotti ushanchun chundizmi aziza ha Otabek xech narsa qiganiz yu lekin sal uzi qulga ovsez bulardi gapim uchun uzur kechiring yoqmagan busa Turi ettiz Timur hamma inson baxli yashashga haqlidir ha Yunus siz bilan tanishganimizdan hursandmiz sayt yoqtimi
Qayerdan bildiz?
психологга учрадизми?
hade aziza bordim pshologga Nozim ha
uzur timur adashibman uzur Nozim deb etibman sevgi bosqichlarida Nozim degan inson boridi de boshim ozro ogridi uzur
Bir marta bordizmi yoki endi har doim boradgan buvosmi?
yoqdi.
Assalomu aliykum hammaga ha aziza hoz ikki marta bordim lekin yana borish kere ekan har doim sogaygunimcha yana bilmadi ozgina uzimni borgim kelmiyro turibti bilmadim nega bunqa buvotti ha sogayishni istasam borishim kere uylab kuraman yana bilmadim lekin psxolog menga yoqdi chunki u manga ozmuncha yordam berdi hali borganimga endi ikki marta bulibdiyu lekin psixolog ancha muncha yordam berdi
Tawamen, borin, psixologga boriw uyatmas, hozir bu juda muhim
Psixologla juda yaxwi buliwadi, kupro boriwsa, foydali buladi
Assalomu aliykum hammaga Ha aziza borish uyatmas borish kere zora sogaysam boraman yana ha isfandiyor turi ettiz psixologla juda kup narsalani bilarkan manga anchagina foydali narsalani urgatvottila maslaxatla bervottila yana baribir psixolog yaxshi ekan lekin bir tarafi ozgincha yoqmayapdi uzim ham bilmadim nima yoqmayotganini sizzi fikrizcha manga nima yoqmayotgan bulishi mumkin iltimos etila uzim ham hayronman
Twunmadm, nima yoqmadi sizga? gaplarimi? yoki nimadir dib hafa qildimi?
Ha aziza shuni uzim bilmiyman gaplari yaxshi xafa qigani yu lekin norgim kemiydi nimagadur hayronman uzim ham
Balki bu qurquvdan kelb 4iqadi, bundayam buliwi mkn. Foydasini his qivotgan busez, tawamen, borin, bu bir kunda utmidi
Assalomu aliykum hammaga balkim turi ettiz aziza qurquv bulishi ham mumkin boraveraychi buyogini kuramizda
Конечно бориш кере, депрессия жуда опасный касал, боришни ташамен
Hi4am qurqmen! Psixologga szi ustozz kabi qaren, wunda foydasi undan ham kup buladi
Yaxshi
Dunyoda tin4li busin! Bar4amiz sog omon bulilu! Omin