Dubayda dunyodagi eng qimmat penthaus sotildi. Uning narxi 136 million dollarga baholandi. Uy mashhur Palm-Jumeyra orolida joylashgan, lekin apartamentlarning qurilish jarayoni to‘liq yakunlanmagani aytilmoqda.
Penthaus 71 qavatli Como Residences binosida joylashgan bo‘lib, 22 ming kvadrat metr maydonni o‘z ichiga oladi. Uning qurilish jarayoni davom etmoqda. Penthaus bulutlar ustida bo‘ladi. Como Residencesning balandligi 300 metrni tashkil qiladi.
Hozircha xaridor nomi oshkor etilmagan, ammo u Sharqiy Yevropadan ekanligi aytilgan.
Yangi osmono‘par binodagi xonadonlar boshqacha bo‘ladi. Baʼzilarida ikkita yotoqxona, baʼzilarida sakkizta bo‘ladi. Xonadonlarning narxi 5,7 million dollardan boshlanadi. Penthausda bo‘lsa, beshta yotoqxona, 260 graduslik ochiq basseyn, shuningdek, unda turib Dubayning diqqatga sazovor joylarini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklarga ega turar-joy binosi qurib bitkazilishi 2027-yilga rejalashtirilmoqda.
Maʼlumot uchun, Penthaus bu — ko‘p qavatli uyning eng yuqori qavatidagi maydoni va o‘z terrasasiga ega bo‘lgan alohida turar joy.
Juda 4iroyliku, lekn wun4a pulgayam oliwadimi
ДОРОГОБОГАТО
Assalom Alaykum Hammaga qalaysizlar Oxooooo juda chiroyli ekan menga yoqdi
Endi yurak bulasmi?
Menga ham yoqdi
Boylaga mazzade
Qoyil
Yaxshi
Qimmat ekan
Yaxshi
Namuncha! Shunchayam turadimi uy
Yaxwiku
Fu