Robot changyutgich Buyuk Britaniyadagi mehmonxonadan “qochib ketdi”

Robot changyutgich Buyuk Britaniyadagi mehmonxonadan “qochib ketdi”

Kembrijdagi Travelodge mehmonxonasidan robot changyutgich qochib ketdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Qayd etilishicha, avtomatlashtirilgan tozalovchi uskuna Orchard bog‘idagi mehmonxona eshigi oldida to‘xtamay, 2022-yil 20-yanvar kuni “ozodlikka chiqqan”. Mehmonxona ostonasi bunga to‘sqinlik qilgan, ammo “qochoq” uni yengib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.

Mehmonxona menejerining yordamchisi robot topilsa, uni qaytarib berishni so‘rab, ijtimoiy tarmoqlarda “buyuk qochish” haqidagi hikoyani joylashtirdi.

Xodimning qayd etishicha, gadjet faqat dok-stansiya va mehmonxonadagi quvvatlagich bilan mos keladi, shuning uchun u ehtimoliy o‘g‘rilar uchun foyda keltirmaydi. U qurilmani qaytarib bergan kishiga mehmonxona barida bepul ichimlik va’da qilgan.

Ertasi kuni robot mehmonxonaga kiraverish yaqinidagi butalar orasidan topilgan. Mehmonxona xodimlarining ta’kidlashicha, endi qurilma robot changyutgichlar jamoasi bilan birga “baxtli javondan o‘rin egallaydi”.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Javlonchik

    rofl qoyil

  2. oilasini yoniga ketmoqchi bo’lgan rofl

  3. uwlab oliwdimi?? be4ora qo4iwgayam beriwmapti

  4. rofl rosa kuldim laugh

  5. Gulnoza

    smile smile

  6. qatda ketipbi? oilasini yonigami? laugh

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social