Xitoydagi KFC da buyurtmani tabassum orqali to’lash mumkin

Xitoydagi KFC da buyurtmani tabassum orqali to’lash mumkin

Xitoy KFC restoranlaridan birida endi ovqat sotib olish uchun pul yoki hatto plastik kartani ishlatishning hojati yo’q. Buyurtmani to’lash uchun maxsus qurilmada tabassum qilish kifoyadir. Bunday ijobiy shaklga qaramay, sizning hisobingizdan pul olinadi. Tabassum Xitoydagi ayyor bank texnologiyasi identifikatsiyalashning bir qismiga aylandi.

Hangzhou shahridagi savdo markazlaridan birida joylashgan KFC restorani Alibaba korporatsiyaning – Ant Financial kompaniyasi sho’ba korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan mijoz identifikatsiyalash texnologiyasidan foydalanishni boshladi. Ushbu texnologiya sizga tabassum bilan mahsulotni to’lash imkonini beradi.

kfcindex-600x400

Ovqat yoki tovuq qanotlari uchun haq to’lashda, AliPlay hamyoniga biriktirib qo’yilgan maxsus terminalda telefon raqamini kiritishingiz kerak, keyin esa kameraga tabassum qilasiz va barcha narsalarni sotib olish mumkin. Bu holda biometrik identifikatsiya tizimi hisobga ulanishni tasdiqlaydi va keyingi safar mijozni tabassum orqali tanib oladi. Aytgancha, kutilmaganda siz tashqi ko’rinishingizni o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, tizim sizni baribir tanib oladi.

Manba: Medialeaks

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social