O`zbekiston U20 chorak finalda o`z yurishini to`xtatdi

O`zbekiston U20 chorak finalda o`z yurishini to`xtatdi

O`zbekiston U20 terma jamoasi Yangi Zelandiyada bo`lib o`tayotgan futbol bo`yicha JCh ning chorak finalida Senegalga qarshi o`yin olib bordi.

style=”text-align: justify;”>O`yin anchayin og`ir kechdi deb aytish mumkin, ko`pgina vaziyatlarda yoshlarimiz foydalana olishmadi. O`yinnig 77-daqiqasida Senegallik Mamadi Tiam gol kiritib, Senegalning yarim final yo`llanmasini ta`minlab berdi. Shu bilan O`zbekiston U20 terma jamoasi o`z yurishini chorak finalda to`xtatdi.

Uchrashuvdan so`ng Ravshan Haydarov FIFAning rasmiy saytiga o`z fikrlarini aytib o`tdi. O`yin og`ir o`tgani va yarim finalga chiqish istagi kuchliligini, shuningdek, U20 jahon chempionati katta tajriba bo`lgani, chorak finalda o`ynash ham juda katta muvaffaqiyat ekanligini ta`kidlab o`tdi.

Haqiqatdan ham, yoshlarimizning ajoyib o`yinlari samarasiz ketmadi. Chorak finalda to`p surish ham har kimga nasib etavermaydi. Shunday ekan, kelajakda yoshlarimizga yanada ulkan pog`onalarni zabt etishni va shijoatlarini susaytirmaslikni tilab qolamiz!!!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social