Munosabatni ideallashtirish – yaxshilikga olib kelmaydi?!

Munosabatni ideallashtirish – yaxshilikga olib kelmaydi?!

Agarda insonlar o`z munosabatlarini bir-biri uchun yaratilgan, ideal deb tassavur qilsa, aksincha shunday insonlar o`z jufti bilan aloqani yomonlashtirar ekan.

Har bir insonning sevishganlar orasida qanday munosabat bo`lishi kerakligi haqida o`ziga yarasha tushunchasi mavjud. Ruhshunoslarning kuzatishlari bo`yicha sevgi munosabatlari haqida ikki tushuncha mavjud ekan:

1. Sevgi tushunchasi,  ikki insonning mutloq birlik tushunchasidir ya`ni bunda “biz bir-birimiz uchun yaratilganmiz”, “mening ikkinchi aniq juftligim” va hakozo

2. Birlashgan holdagi sayohat tushunchasi ya`ni “munosabatni birgalikda qurishga va rivojlantirishga harakat qilamiz”, “biz birlashgan kuch bilan barcha narsalardan o`tamiz”.

Ikki tushuncha ham munosabatlarga turlicha ta`sir o`tkazadi, ayniqsa konflikt paytida bu narsa yaqqol ko`rinadi. Hamda buning hech ajablanarni joyi yo`q, agarda insonlar haqiqatdan ham “bir-biri uchun yaratilgan bo`lsa”, nima uchun ularda konflikt holatlari bo`ladi?

“Bizning tadqiqotimiz shuni ko`rsatdiki, munosabatni ideallashtirish natijasida juftliklar o`rtasidagi munosabat yomonlashishi mumkin, biroq “birlashgan holdagi sayohat tushuncha” esa munosabatga rivojlanish olib kelishi mumkin” – deb Toronto universitetining olimi Spayk Li aytib o`tdi.

Ruhshunoslar insonlarning munosabatlarini aniqlash uchun ulardan “birlik” yoki “sayohat” so`rovnomasini to`ldirishni so`raganlar. Shundan so`ng ishtirokchilar o`z juftliklari bilan konfliktlar haqidagi savollarga javob berishlari kerak bo`lgan va ohirida o`zlarining munosabatlariga baho berishdi.

Aniq bo`ldiki, “birlik” tushunchasiga ega bo`lgan juftliklar o`tib ketgan konfliktlarni eslaganda, ular o`z munosabatlariga past baho berishdi, biroq “sayohat” tushunchasiga ega bo`lgan juftliklarga bu narsa ta`sir qilmagan va  baxo berishga ham ta`sir ko`rsatmagan.

Ruhshunoslar “o`z  juftliklarini ideallashtirmaslikka, aksincha munosabatni esa ikki birlashgan insonning sayohati deb qabul qilish”  kerak deb maslahat berdilar. Chunki bunda ikki juftlik barcha qiyinchiliklarni va to`sqinliklarni bir-biriga tayangan holda o`tib borishga qaror qilishadi.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Agarda birga sayohat qilinganda, konfliktlar ko’payib ketgandi, shuncha bosib qo’ygan yo’limizda orqaga yana boshqasi bilan boshidan boshlash uchun qaytamizmi?

  2. Nodir orqaga kaytib xattolarimizni uzgartirolmaymiz! balki biz orqaga qarab, xattoimizni kurib, va keyinchalik buni takrormaslikga xarakat qilishimiz kerak!

  3. Xa tushunarli

  4. SHERALI ACHILOV

    O’zaro munosabatlar birlik deb olinadimi yoki sayohat deb olinadimi asosiysi munosabatlar reallikka asoslangan bo’lishi darkor.yani yigit qizga,qiz yigitga nimalar bera oladi,nimalar bera olmaydi.shu narsaga real baho bera olgan tarzda munosabatlar boshlangan bo’lsa abadiy yashashadi bu juftlik.

  5. Sz noturi fikr bildrvosz nazarimda bir inson bn ikkinci insoni munosabatini bowlawda uni nima bera oliwni qalb bilmidi agar sz fikr qiganga oxwab nimadr berw yoki bera olmaslik xaqida oylawni biwlawkanda bu munosabat manfat hsoblanib qolardi bunda mexr muhabbat degan narsa yoq bolib qolad db oyleman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social