Maktabdagi ta’lim, darsdan keyin turli qo‘shimcha to‘garak va sport seksiyalariga qatnashish, uyga kelgach dars tayyorlash bolalarda charchoq, ruhiy zo‘riqishni keltirib chiqarishi mumkin. Buning uchun albatta kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish muhim hisoblanadi.
Kundalik turmushimizda turli xil vaziyatlar yuz berishi mumkin. Ba’zan asabiylik, charchoq va ortiqcha diqqat kishini holdan toydirishi mumkin. Buning surunkali davom etishi esa turli kasalliklarga va stressga olib keladi.
Shifokorlarning aytishicha, charchoq, sustkashlik va yaxshi o‘qimaslik tanada temir moddasining tanqisligi bilan bog‘liq. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, temir moddasi yetarli va jismoniy holati yaxshi bo‘lgan talabalar o‘qishda ham darslarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan.
Davomiy ruhiy zo‘riqish inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Buning oldini olish uchun:
- kun tartibiga rioya eting;
- uyga vazifalarni juda kech tayyorlamang;
- darslarni tayyorlashda oddiydan murakkabga qarab tayyorlashni rejalashtiring;
- uyqu me’yorida bo‘lishi lozim;
- to‘g‘ri ovqatlaning, eng so‘nggi ovqat yotishdan ikki soat oldin bo‘lsin;
- vazifalarni bajarishni dam olish bilan uyg‘un olib boring;
Har doim ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lish stress holatlarining kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi hamda ko‘tarinki kayfiyat kasalliklarni yo‘latmaydi.
Очень важная информацию бу!
Raxmat
Zur maqola
Rahmat
zor
Yaxwi
assalomu aliykum hammaga yaxshi maqola juda yoqdi
Chiroyli maqolakan
Yaxwi yaxwi
uqiwdagi qiyin4ilikla salomatlikka zarar yetkazarmikan?
foydali maqolala yozarkansila
Rahmat, oqiwimga kere buldi