Yoz tugab, sovuq mavsum yaqinlashmoqda. Bu tana salomatligi haqida g‘amxo‘rlik qilish vaqti kelganini bildiradi. Bunga vitaminlar, sport va albatta, foydali gadjetlar yordam beradi.
Dyson Zone naushniklari
Albatta, ushbu qurilma bilan sochingizni quritmaysiz. Ammo ifloslangan havodan nafas olishdan qo‘rqmay shahar bo‘ylab xotirjam sayr qilishingiz mumkin. Shu bilan birga musiqa tinglasangiz ham bo‘ladi.
Vitaloop
Agar yugurishga chiqsangiz-u, chanqagan bo‘lsangiz, do‘kondan suv qidirishga shoshilmang. Iqtisodiy tejamkorlik va ishonchlilik jihatdan bu borada Vitaloop suv idishiga ishonish mumkin. U har qanday iflos suvni mukammal filtrlaydi.
Xiaomi dan “aqlli” gilam
Havo sovisa ham, lekin bu jismoniy faoliyatdan voz kechish uchun sabab emas. Xiaomi kompaniyasi ochiq havoda yugurishni yopiq joyda konkida uchish bilan almashtirish taklifini bermoqda. Buning uchun maxsus gilam ham o‘ylab topilgan.
Xiaomi Meet niqobi
Hordiq chiqarishning eng yaxshi usuli nima ekanini bilasizmi? Albatta, uyqu. Xiaomi ning “aqlli” uyqu niqobi sizni astalik bilan uxlatadi va muloyimlik bilan uyg‘otadi. Dam olish jarayonida butun dunyo sukunatga cho‘madi.
Noise Luna Ring “aqlli” uzugi
Hindistonlik mahalliy muhandislarning so‘nggi ishlanmalaridan biri sizni qiziqtirib qo‘yishi aniq. Bu ayniqsa sog‘lig‘ingizga aloqador gadjet bo‘lsa. “Aqlli” uzuk bitta barmoqning tahlillari yordamida 70 tagacha tana ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqadi.
Owlet Dream Sock qurilmasi
Bu gadjet bolalarga mo‘ljallangan. Owlet Dream Sock chaqaloqlar uchun eng zamonaviy monitordir. Bu nafaqat farzandingizning uyqu sifati va vaqtini, balki uning pulsini, shuningdek, qondagi kislorod darajasini ham kuzatishga yordam beradi.
FeelZing Energy Patch neyrostimulyatori
Oddiy so‘z bilan aytganda, qurilmani energiya patchi deb atash mumkin. U kerakli joyga yopishtiriladi va neyrostimulyatsiya yordamida diqqatni jamlashga, tinchlanishga yoki hatto uxlab qolishga yordam beradi. Foydali narsa.
Withings Body Smart tarozisi
“Aqlli” gadjetlar dunyosida tarozi ham “aqlli” bo‘lishi mumkin. Bu tarozi ortiqcha kilo yig‘a boshlasangiz, bundan xursand bo‘lmasligingizni bilib, vazningizni ko‘rsatmaydi. Ajoyib xususiyat, to‘g‘rimi? Lekin tashvishlanmang, qurilma hamma ma’lumotlarni saqlab qoladi va kerak bo‘lganda ko‘rib olishingiz mumkin.
Зур нарсаларакан
Tarozi yoqdi manga
Butilka zo’r ekan
kerak emas
Zo’rkuuuu
1 prikol
Yaxshi narsala, bizda topsa bolarmikan?
Заказ килса булади
Mayli
Rahmat, harakat qilamiz
Daryoman seni olib ketaman
yoqdi
Nimalar bula?
Hech kimga kerak bo’lmagan narsalar
zo’rku