Uchta ekstremal Yves Rossy, Vince Reffet va Fred Fusion reaktiv qanotlari bilan 8 “Patrul de France” samolyot guruhi bilan birga eng qiyin va qiziqarli uchishni ko’rsatdilar.
Havodagi tomosha 1200 metr osmonda Fransiyaning janubiy qismida bo’lib o’tdi, uchish tezligi 260 km/soatiga bo’lgan. Uchish vaqtida ekstremallar osonlik bilan samolyotlarga bir necha metr yaqinlashishga muvaffaq bo’lishdi. Jetman Dubai jamoasi birinchi bo’lib dunyodagi eng aqlga sig’maydigan tomoshani taqdim etishdi.
Bir yil oldin Yves Rossy o’z sherigi Vince Reffet bilan Dubaida haqiqiy aviatomoshani taqdim etgan edi. Shunda ular bilan birga Airbus A380 samolyoti ham ishtirok etgan edi. O’sha vaqtda odamlar bundan qiziqroq tomosha bo’lmaydi deb o’ylashgan edi, ammo bir yil o’tib Jetman Dubai jamoasi yangi aviatomoshani taqdim etishdi.
Manba: 24gadget
Gap yo’q. Uchar odamlar
Qiziq, bizda ham shu reaktiv qanotlarni sotib olib uchsa bo’larmikan?