Kun davomida sen charchading, ammo oldinda seni ish kutib turibdi. Oldingda ikki yo`l bor: ozgina dam olish uchun qisqa uyqu yoki tetik bo`lish uchun kofe. Bu vaziyatda qay birini tanlasa bo`ladi?
Uyqu. Umumiy olib qaraganda uyquda kofedan qo`proq imtiyoz bor. Tadqiqotlarga qaraganda, uyqu insonni diqqatini birlashtiradi va bilimini oshiradi. Bundan tashqari kofe insonning charchog`ini bekitadi, ammo uyqu uni to`liq to`ldiradi.
Uyqu tanlanganda ham kamchiliklar bor. Birinchisi bu vaqt. Kunduzgi uyqu 20-30 daqiqa bo`lishi mumkin. Bu narsa bioritmni o`zgartirishi mumkin, keyin sizni uyqusiz tunlar kutadi.
Tadqiqotchilarning aytishlaricha, 20 daqiqa – bu optimal variant. Hamda 13:00 – 15:00 orasida uxlash kerak. Shu vaqtda miya juda charchagan bo`ladi.
Kofe. Agarda sizda uxlashga imkoniyat bo`lmasa, kofe yordamga kelishi mumkin. Kofeni tayyorlash, uchlashga joy va vaqt topishdan ancha osonroqdir. Boshqa so`zlar bilan aytganda, kofe eng oson tanlov.
Kofe va uyqu o`z hususiyatlariga ega. Insonlar kofe ichgandan so`ng o`zlarini yaxshiroq his qilishgan. Shuningdek, kofe diqqatni jamlashga yordam berar ekan va bu ayniqsa 40 yoshdan oshganlarga yordam berar ekan.
Coffee nap – bu nima? Bu kofe va uyquning mukammal tanlovidir . Ingliz tilida “coffee nap” degan shunday gap bor. Siz kofe ichasiz, bir necha daqiqaga uyquga yotasiz, va uyg`onganizda kofe o`z ishini boshlaydi.
Tadqiqot shuni ko`rsatdiki, “coffee nap” sovuq suv bilan yuvinish va yorqin yorug`likdan yaxshiroq ekan. Boshqa tadqiqot shuni ko`rsatdiki, “coffee nap” oddiy uyqudan yaxshiroq ekan.
Har bir yo`lning o`ziga yarasha yaxshi taraflari mavjud. Albatta, agarda imkoniyat bo`lsa ozgina uxlash, agarda vaqt bo`lmasa unda kofeni tanlash yaxshidir yoki tadqiqotchilarimiz ta`kidlaganidek, kofe ichib, uxlashga yotish yaxshi tanlovdir.
Ta`kidlab o`tish joizki, siz kofe o`rniga achchiqina choyni ham tanlashingiz mumkin.
Manba: lifehacker.ru
Kofe yaxshi narsa, shaxsan manga ancha yordam beradi. Ozgina uxlashga kelsak, u narsa menda ancha qiyin, agarda ozgina uxlasam, keyin o’zimga kelishim ancha qiyin. Undan keyin uyqusrab yurishim mumkin))))
Энг яхшси аччикина тошкент кора чойи!!!