Yaponiyaning Tsukubsk universitetining fiziklari bir qancha futbol to`plari orasidan eng yaxshisini aniqlash uchun aerodinamik test sinovlarini o`tkazishdi.
Bugungi kungacha futbol to`plari katta tortishuvlarga sabab bo`lmagan: ularni ko`lda 32 ta paneldan tikishardi, ularning 12 tasi beshburchak shaklga ega bo`lgan bo`lsa, qolganlari oltiburchakli bo`lgan.
Ushbu an`ana 2006 yilga kelib buzuldi. Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, Germaniyada o`tkazilgan Jahon Chempionati (JCh) uchun «Adidas» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan «Teamgeist» to`plari 32 paneldan emas, balki 14 paneldan iborat bo`lgan. Uning ketidan esa 2010 yilda JAR da bo`lib o`tgan JCh uchun sakkiz panelli «Jabulani» to`pi ishlab chiqilgan edi.
Yaqinlashayotgan Braziliyadagi JCh uchun ishlab chiqilgan «Brazuca» to`pi faqatgina 8 paneldan iborat. Bu narsa ko`pchilikda savol uyg`otdi, futbol to`pidagi panellar soni qanday ahamiyatga ega?
Yaponiyalik fiziklar «Adidas» ning qaysi to`plari eng yaxshi aerodinamik xusussiyatga ega ekanligini aniqlashga qaror qilishdi. Uncha katta bo`lmagan futbol to`plaridan kollektsiya yig`ib, ularni robotlar yordamida sinovdan o`tkazishdi. Navbat bilan robotlar to`plarni aerodinamik trubaga bir xil ko`ch va tezlik bilan jo`natishdi.
Natijalarni tahlil qilisharkan, olimlar, Janubiy Afrika maydonlarida o`tkazilgan chempionatda ishtirok etgan futbolchilarning e`tirozlarini tasdiqlashdi: «Jabulani» to`pi eng yomon ko`rsatgichlarga ega bo`ldi. Eng yaxshi aerodinamik xususiyatga ega bo`lgan to`p deb Braziliyadagi jahon chempionati uchun ishlab chiqilgan «Brazuca» to`pi bo`ldi.
Buning hech qanday ajablanarli joyi bo`lmasa kerak, sababi «Adidas» o`zining yangi futbol to`pi dizayni uchun ko`p mablag` sarflagan. Panellarning sonidan tashqari «Brazuca» maxsus qalin va chuqur choklar bilan farq qiladi.
Video:
Жахон Чемпионатига 7 кун колди )))
7 kun emas, 6 kun qoldi
5 кун колди
4 kun qoldi
hullas oz qoldi)))