London 2012 ga ikkinchi qadam

London-2012 Olimpiyadasi saralash bahslari doirasidagi O`zbekiston hamda Avstraliya olimpiya termalari o`rtasidagi uchrashuv o`z nihoyasiga etdi. O`yinda 2:0 hisobi qayd etilib, O`zbekiston olimpiya termasining g`alabasi bilan yakunlandi.

Bu o`yin butun yurtimiz bo`ylab kutilgan uchrashuv desak adashmagan bo`lamiz. O`yin oldidan juda ko`p gap so`zlar, futbol mutaxasislari va muxlislari orasida baxslarga boy bo`ldi. Kimlardir o`yin vaqti Avstraliya olimpiya terma jamoasi o`yiniga salbiy ta`sir o`tkazadi, kutulmagan ob-havo sharoitidan keyin esa O`zbekiston olimpiya terma jamoasini g`olib deb hisoblab ham qo`yishgan edi.

O`yin vaqti o`zgartirildi, ammo ob-havo sharoiti o`zgarmadi. Noqulay ob-havo sharoitida, noqulay maydonda bo`lib o`tgan o`yin juda qizg`in va jangavor ruhda o`tdi. Bo` o`yin natijasi ikkala jamoa uchun ham suv va havodek zarur edi. Bizning jamoamiz darvozasiga ham ikki to`p kiritilgan edi, lekin bularni o`yinni boshqarib borgan hakam inobatga olmadi. Ikkala vaziyatda ham Avstraliya olimpiya terma jamoasi o`yinchilari o`yindan tashqari holatda qolib ketishgan edi.

Jamoamiz uchun g`alaba to`plarini birinchi bo`limning 27 daqiqasida Kenja To`raev, o`yin yakunlanish arafasida 86 daqiqada esa Oleg Zoteev kiritishdi.

Shunday qilib, olimpiya terma jamoamiz London 2012 olimpiadasi sari yana bir katta qadam tashlashdi. Biz olimpiya terma jamoamiz o`yinchilari va jamoamiz murabbiyiga ajoyib o`yin va g`alabani taqdim etishganlari uchun o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz, futbol ashaddiy muxlislarini esa navbatdagi chiroyli g`alaba bilan tabriklaymiz! Biz bir jamoamiz!

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ofarin uzbek jamoa, men sizga ishonardim.

  2. жасур

    яхши! жуда яхши. шундай об хавога карамасдан уйнашди. гап ёк!

  3. нодир

    узбекистон мухлисларга катта рахмат, вообщем молодцы. шунака совукда туриб беришди…

  4. xeч бумаса 2:1 булиши керак эди хисоб. австралия хафа булиб кетадиган булишди, кани бизнинг мехмондорчилигимиз, шунакаям хафа килиб жунатасларми мехмонларни. Офарин болла, роса ажойиб галаба такдим этишди мухлисларга

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social