Kaliforniyalik bloger Brent Rivera Charli laqabli itiga ikki qavatli uy qurib berdi. Uy hayvonining tug‘ilgan kuni uchun tayyorlangan sovg‘aga 20 ming dollar sarflangan.
25 yoshli yigitning so‘zlariga ko‘ra, u hamma ishni do‘sti bilan qilgan. Ular kerakli materiallarni uyiga eng yaqin qurilish gipermarketidan sotib olgan. Bloger uyni qurish jarayonini o‘zining YouTube kanalida translyatsiya qilgan.
Uyda mehmonxona va inson bo‘yi balandligida shiftli yotoqxona mavjud. Xonalarga haqiqiy jihozlar o‘rnatilgan, uyning ichida uxlash uchun karavot, divan, yumshoq kreslo, yostiqlar, kichkina kofe stoli, uyg‘otuvchi soat bor.
Bloger hattoki sevimli uy hayvonining xonasini kichkina muzlatkich va televizor bilan jihozlagan. Televizorda faqat olmaxonlar haqidagi videolar namoyish etiladi.
Rivera avvalgi itining o‘limidan sal oldin Charlini asrab olgan. Deyarli bir yil davomida Charli blogerning eng yaxshi do‘stiga aylandi, shuning uchun u itining birinchi tug‘ilgan kuniga o‘zgacha nimadir sovg‘a qilishni xohlagan.
Роса кучугини яхши кураркан дэ
Шунака киммат уй курган буса
Zorku
Barakalla!
Ajoyib zor ish bolibdi barakalla
одамлар нимани ойлаб топишмеди одамлар уйга зор бу итига уй қуриб бермоқчи екан
Quribam bupti… 20 mingga sergilida yaxwi uy osa boladi
Dunyoda odam och, bu qilayotgan ishini
Pul bolsa changalda shurva deganday lekin manga yoqdi hayvonlarni kuchukchalarni uni õrnida pul kop bolsa men ham shunday qilardim lekin sharoit bolganda muhtoj insonlarga ham yordam berardim insonlarni ham hayvonlarni ham qadrlash kerak by insoniylik burchimizdir*
Turi etas, uzi iwlab topgan puliga uzi hukmdor, hoxlagan joyiga iwalati
Yaxwi iw qilibti
Malades!
Yaxshi ish qilibti, Xudo asrasin shunday insonlarni
Хорош ничего не скажешь
Barakalla